• Корзина пуста.

Hamkorlik

Hamkorlik

Biz haqimizda

Alkimyogar Farm MCHJ – nano texnologiyalar asosida Malayziya va Kanada kompaniyalari bilan faol hamkorlik asosida keng assortimentli kolloidli minerallar ishlab chiqaruvchi mintaqadagi birinchi kompaniya. Kompaniyamizda mavjud zamonaviy uskuna va texnologiyalar yordamida malakali mutaxassislar eng yuqori sifatli kolloid minerallar ishlab chiqarish imkoniga ega.

Tashkilot hozirgi kunda yuqori sifatli kumush, oltin, magniy, sink, mis va temir mineral nano zarrachalari kolloid eritmalari ishlab chiqarish bilan shugʻullanmoqda.

Alkimyogar Farm kompaniyasi yaqin kunlar ichida shifobaxsh o‘simliklar ekstrakti va siroplarini ishlab chiqarishni tashkil qilib, nafaqat Oʻzbekiston, balki mintaqa davlatlari aholisini yuqori sifatli va hamyonbop tabiiy shifobaxsh mahsulotlar bilan taʼminlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Сгруппировать 94@2x

Biz bilan hamkor boʻlish oson!

Alkimyogar Pharm kompaniyasi mantaqa aholisini tabiiy shifobaxsh mahsulotlar bilan salomatligini saqlashga qaratilgan har qanday loyihalarni qo’llab quvvatlab, ushbu yo’nalishdagi Ilmiy tadqiqot Institutlari, Laboratoriyalar, Mustaqil ilmiy mutahasisislar, salomatlik markazlari va biznes egalarini faol hamkorlikka chaqiradi.

Ilmiy tadqiqot ishlari

Kompaniya ishlab chiqarish jarayoniga innovatsiyalarni qo’llagan holda, mashsulotlar sifatini oshirish bo’yicha doimiy ilmiy izlanishlar olib boradi. Bu borada biz tegsihli mutahasssislar bilan faol hamkorlikka tayyormiz. Xozirgi kungacha, 4 ta xorijiy, 3 ta mahalliy Ilmiy tadqiqot Institutlari bilan hamkorlik olib borilmoqda.

Farmatsevtika sohasidagi tadbirkorlar.

Zamonaviy farmetsevtika va parafarmetsevtika bozorida yildan yilga raqobat kuchayib bormoqda. Qulay iqlim sharoitlariga ega bo’lgan O’zbekistonda yetishtirilgan tabiiy shifobaxsh o’simliklarni yuqori tehnologiyalar asosida qayta ishlash orqali tabiiy, hamyonbop va eng asosiysi samarali ta’sirga ega mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi. Buning uchun Bizning ilmiy va tehnologik potensialimiz yetarli.
Kompaniyamiz tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni o’z hududingizda savdosini tashkil qilish orqali, ist’emolchilarning e’tirofiga sazovor bo’lishdan tashqari barqaror daromad olishingiz imkoni mavjud.

Shifobaxsh o’simliklar yetishtiruvchi fermer xo’jaliklari

Tabiiy sharoitlarda, belgilangan normalar asosida o’stirilgan shifobaxsh o’simlik va giyohlar yetishtiruvchi xo’jaliklarni o’zaro manfaatli hamkorlikka chaqiramiz. Yetishtirilgan mahsulotlarni harid qilish bilan bir qatorda, mutahasislarimiz tomonidan kerakli konsultatsiyalar berib, ish unumdorligiga va mahsulotlarni kerakli shifobaxsh moddalarini saqlashga oid bilimlarni doimiy ravishda berib boriladi.

Maqsadimiz – Ona tabiat tomonidan bizga berilgan bebaho ne’matlardan barcha  yaqinlarimizni tabiiy, zararsiz, va samarali sog’lomlashtirishda Sizning kompaniyangizga yaqindan ko’maklashish.

Tarmoqli marketing va distrubyuterlik kompaniyalari

Alkimyogar Pharm kompaniyasi, har bir mijozlar uchun individual yondashishga tayyor. Shifobaxsh mahsulotlar distribyutsiyasi bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlarning asosiy muammolari sifatida ekskluzivlik, yuqori sifat va doimiy haridorlar oqimini ta’minlab beruvchi mahsulotlarning juda kamligi hisoblanadi.

Kompaniyamiz xozirgacha bunday kompaniyalar bilan samarali hamkorlikda katta yutuqlarga erishgan. Har bir kompaniya uchun maxsus retseptlar, individual yondashuv, mutahassislar tomonidan seminar — treninglar, media sohasida qo’llab quvvatlash  va yuqori sifatli mahsulotlar oqali kompaniyaningiz imidjini oshirib, xaridor va iste’molchilarning kompaniyaga sadoqatini ta’minlaydi.

Karyera

Alkimyogar Pharm o’z mahsulotlarini butun hududlarda keng ommaga tanitish, iste’molchilar oqimini oshirish va aholining sog’lom turmush tarziga amal qilishiga o’z hissasini qo’shish maqsadida Respublikamiz va mintaqa davlatlarining barcha hududlariga tibbiy vakillar qabul qiladi.

Bog‘lanish