Blog

Inson Organizmi Uchun Minerallarning Ahamiyati

by in Foydali maqolalar 10.04.2020

 Inson tanasining taxminan 4% massasini minerallar tashkil etadi. Har kuni organizmga 100 mg. gacha asosiy va 100 mg minerallar. gacha mikroelementlar zarur bo‘ladi.

Minerallar nima o‘zi?

   Minerallar – yer bag‘rida xosil bo‘ladigan noorganik moddalardir. Ularning oziq ovqat maxsulotlarida oz yoki ko‘p uchrash xollari yerning geografik tuzilishiga bog‘liq, yaʼni xammasi u yoki bu maxsulot o‘sgan tuproqning tarkibiga. Minerallarning har bir inson sog‘lig‘ida muxim rol o‘ynashi ayon bo‘ldi. Minerallar – tanamizdagi barcha organ va sistemalarning o‘z vazifalarini to‘liq va samarali bajarishiga yordam beruvchi  muxim ozuqa moddalardir. Odamlar xali xamon ularning organizm uchun qanchalik muxim ekanligini bilishmaydi.

   Minerallar organizmga biz isteʼmol qiladigan ovqatlarni xazm bo‘lishiga yordam beradi, ularning sharofati bilan tanada yangi energiya va kuch xosil bo‘ladi, organizm to‘qimalari tiklanishi va qayta tiklanishi kuzatiladi. Deyarli  barcha minerallar organizmga biz isteʼmol qilayotgan suv va oziq ovqat maxsulotlari bilan tushadi. Organizm o‘z o‘zicha foydali moddalar va minerallarni ishlab chiqarmaydi.

Minerallar ikki xil bo‘ladi:

   Makrominerallar makro – yunoncha “katta” maʼnosini beradi. Inson organizmi makrominerallarning katta miqdoriga extiyoj sezadi va mikroelementlarga esa kichik miqdorda.

Makroelementlarga quyidagilar kiradi:

  • kalsiy,
  • fosfor,
  • magniy,
  • natriy,
  • kaliy,
  • xlorid,
  • oltingugurt

   Mikroelementlar – mikro yunoncha “kichik” maʼnosini beradi. Mikroelementlar xam o‘ta muxim va zarur, aslida organizmga makroelementlar ko‘p miqdorda  kerak bo‘lsa ham. Olimlar xozirgacha ham bir kunda inson organizmi uchun mikroelementlarning qancha miqdori zarurligi ustida bosh qotirmoqda.

Mikroelementlar guruxiga quyidagilar kiradi:

  • temir
  • marganes,
  • mis,
  • yod,
  • rux,
  • kobalt,
  • ftorid,
  • selen.
    Savatcha