Blog

Nima Uchun Minerallar Aynan Kolloid Shaklida?

by in Foydali maqolalar 27.02.2018

Yillar davomida yerlarning kimyoviy ishlov berilishi natijasida tuproq tarkibidagi inson organizmi uchun zarur minerallar o‘ta kamayib yoki batamom tugab bormoqda. Bunday fojeali holatda inson o‘zi va yaqinlarining salomatligini saqlashga, organizmda minerallar yetishmovchiligini oldini olishga maʼsuldir.

Minerallar asosan uch xil shaklda bo‘ladi:

  • Metalli minerallar – bu asosan qoya toshlardan qazib olinadi, ular organizmga o‘rtacha 8-12 % o‘zlashadi, yosh 25-40 ga yetganda 3-5% o‘zlashishi kuzatilgan;

  • Xelatlar – bular aminokislota, protein, enzimlar va vitamin D tarkibli metalli minerallardir. Minerallarning bunday turi ularning so‘rilishini 40%ga yetkazishi mumkin.

  • Kolloid minerallar – mineral suvda eriydigan nanozarrachali eritmalar bo‘lib, so‘rilishi 98%ga yetganligi bilan ustundir. Ular organizmda faqat suyuq eruvchan holda bo‘lishi mumkin, zarrachalari esa o‘ta kichik, masalan qizil qon tanachalari xajmidan 7000-marta kichik. Bunday shakldagi minerallarning organizm uchun foydasi juda katta.

    Savatcha