Bizning Mahsulotlar

Nano COPPER


0.00 UZS

Suyak-bo`g`im, yallig`lanish kasalliklarini oldini oluvchi vosita

Tasnif

  • Suyak bo‘g‘imlar yallig‘lanish kasalliklarini oldini olishda;
  • Yurak va qon tomirlar biriktiruvchi to‘qimalarining butunligini taʼminlaydi;
  • Surunkali allergik va yiringli rinitlarda, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarida;
  • Jarohatlar, kuyishlar, yotoq yaralar, bichilishlar va shilinishlarda;
  • Psoriaz, neyrodermit, ekzemalar, qizil yugurik va vitiligo kasalliklarini kompleks davolashda.

Kolloid mis quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:

  1. Terining holatini yaxshilaydi, teridagi kollagen va elastin moddalarining yosharishiga olib keladi ;
  2. Terida ingichka chiziqlar va ajinlar sonini kamaytiradi;
  3. Hujayraviy energo-ishlab chiqarish, suyaklar shakllanishi, shuningdek, noradrenalin, adrenalin, dopamin;
  4. Yurak va qon tomirlari biriktiruvchi to‘qimalarning butunligini taʼminlashga yordam beradi;
  5. Kuchli antioksidant modda hisoblanadi;
  6. Qizil qon tanachalari shakllanishida, organizmda temirning normal almashinuvida o‘ta zarur hisoblanib, organizmda temirni o‘zlashuvixususiyatini oshiradi;
  7. Inson organizmi immunitetini rivojlanishi va saqlanishida muhim ahamiyatga ega.
  8. O’tkir respirator infeksiyalarda;
  9. Og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarida: karies, parodontoz, stomotit;
  10. Teri va shilliq qavatlar kasalliklarida;
  11. Kandidoz;
  12. Konyuktivit;
  13. Surunkali, allergik va yiringli rinit;
  14. Jarohatlar, kuyishlar, yotoq yaralar, bichilishlar, shilinishlar;
  15. Gerpes, husnbuzar, seboreya;
  16. Psoriaz, neyrodermitlar, ekzemalar;
  17. Qizil yugurik kasalligi, (pes, oq dog‘);
  18. Virusli gepatitlar, og‘ir infeksiyalar;
  19. Oshqozon va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalliklari, gastrit va duodenit;
  20. Artrit, artroz, osteoporoz va h.k.

Hayot metali

Biologlar misni «hayot metali» deb atashadi. Misning organizmdagi roli juda katta. Eng avvalo bu metall bizga zarur oqsillar va fermentlarning qurilishida faol ishtirok etadi, shuningdek, hujayra va to‘qimalarning o‘sishi va rivojlanishi jarayonlarida ham. Mis organizmda qon ishlab chiqarilishi jarayoni va immun sistema faoliyati uchun zarur. Mis mikroelementisiz organizmda temirning gemoglobinga aylanishi qiyin va hatto mumkin emas. Teri va soch rangiga javob beruvchi asosiy omillardan bo‘lgan tirozin aminokislotasi ham mis bo‘lmasa organizm tomonidan to‘liq ishlatila olmaydi. Skelet suyaklarining oqsilli karkasini hosil bo‘lishida zarur bo‘lgan kollagenning sintezida ishtirok etib, mis bizning suyaklarimizni sog‘lom va mustahkam bo‘lishiga yordam beradi. Mo‘rt suyaklar yoki sinishga moyil bo‘lgan suyaklar egasi bo‘lgan insonlarning ovqat ratsioniga mis moddasining qo‘shilishining o‘zidayoq suyaklarning sinishlarini to‘xtatadi, chunki minerallar yuvilib chiqib ketishi to‘xtaydi, suyak to‘qimasi mustahkamlanib, osteoporoz kasalligini rivojlanishini oldi olinadi. Misning organizmda yetarlicha bo‘lishi natijasida qon tomirlarimiz to‘g‘ri shakllarga ega bo‘ladi, uzoq muddat elastik va mustahkamligini yo‘qotmaydi. Mis qon tomirlarning karkasi vazifasini o‘tovchi, qon tomirlarning ichki qavatini hosil qiluvchi elastin biriktiruvchi to‘qimasini hosil bo‘lishiga yordam beradi.

Kuchli antioksidant xossasiga ega terining erta qarishini oldini olishga, hujayralar butunligiga javob beradigan super oksiddismutaza fermentining tuzilishida ham muhim ahamiyatga ega, shuning uchun mis doim qarishga qarshi eng samarador kosmetik vositalarning tarkibiga kiritiladi. Terining tarangligi va elastikligi kollagen moddasiga bog‘liq, kollagen esa o‘z tarkibida mis moddasini ham saqlaydi. Gipofiz bezi gormonlarini faolligini stimullab, endokrin sistemasi ishini normada saqlab turadi. Oqsil va uglevodlar mis mavjudligida yaxshi o‘zlashadi, insulin esa faolligi oshadi. hayotiy zarur ferment va shiralarni ishlab chiqarilishiga ko‘maklashib, ichki sekretsiya bezlarining ishini yaxshilashi natijasida hazm jarayonini normallashtiradi. Miya va nerv sistemasi missiz normal ishlay olishmaydi, sababi mis nerv tolalaridan impulslarni o‘tkazuvchi miyelin pardalarning asosiy komponentlaridan biridir. Mis yetishmasligi nerv tolalarining yemirilishiga olib keladi.

MISNING BIOLOGIK ahamiyati

Bugungi kunda misning inson organizmi uchun biologik roliga ilgarigidan ko‘proq ahamiyat berilmoqda. Mis hayotiy muhim element hisoblanadi, qaysiki, ko‘plab vitaminlar, gormonlar, fermentlar, nafas pigmentlari tarkibiga kirib, moddalar almashinuvida, to‘qimalar nafas olishi kabi jarayonlarda ishtirok etadi. Suyaklar, tog‘ay va paylarning normal tuzilishga ega bo‘lishi, qon tomirlar devorlarini, o‘pka alveolalari va terining elastikligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Asab tolalarining miyelin qavatlari tarkibiga kiradi. Katta odamning organizmida umumiy misning yarmi mushak va suyaklar tarkibida, va 10% jigarda bo‘ladi. Mis hujayralarni kislorod bilan taʼminlanishida, gemoglobin hosil bo‘lishida va eritrotsitlarning yetilish jarayonlarini regulyatsiyasi uchun zarur. Bundan tashqari mis organizm tomonidan oqsil va uglevodlarni yanayam to’liqroq utilizatsiyasiga yordam beradi, insulin faolligini oshiradi. Kuchli jismoniy zo‘riqishlarda qon aylanish tezligini oshiradi. Mana shuning uchun mis sport bilan shug‘ullanuvchi insonlar organizmi uchun ham muhim sanaladi.

KOLLOID MIS TAʼSIRI

Misning uglevodlar almashinuvidagi taʼsiri glyukozani oksidlanishi jarayonini tezlashishi, jigarda glikogenni parchalanishini to‘xtatishda namoyon bo‘ladi. Mis sitoxromooksidaza, tirozinaza, askorbinaza kabi qator muhim fermentlar tarkibida mavjud. Organizmning antioksidant himoya tizimida kislorodning erkin radikallari neytralizatsiyasida ishtirok etuvchi superoksidimutaza fermenti kofaktori sifatida ishtirok etadi. Bu element organizmni baʼzi infeksiyalarga qarshi chidamliligini oshiradi, mikrobli toksinlarni bog‘laydi va antibiotiklar taʼsirini kuchaytiradi. Mis yallig‘lanishga qarshi yaqqol taʼsirli xususiyatga ega. Autoimmun kasalliklarni paydo bo‘lishini kamaytiradi, masalan Revmatoid artrit, temirni o‘zlashuviga yordam beradi.

MISNING TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHI

Buyuk tibbiyot olimlaridan bo‘lgan Galen va Ibn Sino misni davolovchi xususiyatlari haqida ilmiy ishlanmalarida keng yoritgan. Aristotel uxlaganda qo‘liga mis sharni olib yotganligi haqida maʼlumotlar bor. O‘zining go‘zalligi va yuksak bilimga egaligi bilan mashhur bo‘lgan misrlik malika Kleopatra esa oltin yoki kumush brasletlar o‘rniga misdan tayyorlangan brasletlar taqib yurgan. Malika mis taqinchoqlar uning sog‘ligi va chiroyini saqlab qolishiga yordam berishini tushungan. Rossiyada esa mis bilan artrit, singan va chiqqan suyaklarni va radikulitni davolashda qo‘llashgan. Temirchilar doimiy ravishda suyak bo‘g‘im va umurtqalariga og‘ir va mashaqqatli mehnat qilsalarda, radikulit kasalligiga chalinishmagan, sababi ular doim bellariga mis simlardan o‘rab olishgan. Barmoqlar bo‘g‘imlari kasalliklarida esa misdan tayyorlangan uzuklar taqib yurishgan. Bunda og‘riqlar kamayib, bo‘g‘imlar harakati tiklangan. Tutqanoq kasalligi bilan og‘rigan bemorning qo‘llariga mis tuplar, tangalar, uzuklar berib qo‘yilgan. Isitmani davolashda esa 18-asrdan boshlab ajoyib va original usul qo‘llanilgan. Qaynoq suvga mis bo‘lagini qizdirib tashlashib, shu suvdan bemorga ichirilgan, ko‘p xollarda isitma tushishi kuzatilgan.

KOLLOID MIS TAʼSIRI

Misning uglevodlar almashinuvidagi taʼsiri glyukozani oksidlanishi jarayonini tezlashishi, jigarda glikogenni parchalanishini to‘xtatishda namoyon bo‘ladi. Mis sitoxromooksidaza, tirozinaza, askorbinaza kabi qator muhim fermentlar tarkibida mavjud. Organizmning antioksidant himoya tizimida kislorodning erkin radikallari neytralizatsiyasida ishtirok etuvchi superoksidimutaza fermenti kofaktori sifatida ishtirok etadi. Bu element organizmni baʼzi infeksiyalarga qarshi chidamliligini oshiradi, mikrobli toksinlarni bog‘laydi va antibiotiklar taʼsirini kuchaytiradi. Mis yallig‘lanishga qarshi yaqqol taʼsirli xususiyatga ega. Autoimmun kasalliklarni paydo bo‘lishini kamaytiradi, masalan Revmatoid artrit, temirni o‘zlashuviga yordam beradi.

MISNING TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHI

Buyuk tibbiyot olimlaridan bo‘lgan Galen va Ibn Sino misni davolovchi xususiyatlari haqida ilmiy ishlanmalarida keng yoritgan. Aristotel uxlaganda qo‘liga mis sharni olib yotganligi haqida maʼlumotlar bor. O‘zining go‘zalligi va yuksak bilimga egaligi bilan mashhur bo‘lgan misrlik malika Kleopatra esa oltin yoki kumush brasletlar o‘rniga misdan tayyorlangan brasletlar taqib yurgan. Malika mis taqinchoqlar uning sog‘ligi va chiroyini saqlab qolishiga yordam berishini tushungan. Rossiyada esa mis bilan artrit, singan va chiqqan suyaklarni va radikulitni davolashda qo‘llashgan. Temirchilar doimiy ravishda suyak bo‘g‘im va umurtqalariga og‘ir va mashaqqatli mehnat qilsalarda, radikulit kasalligiga chalinishmagan, sababi ular doim bellariga mis simlardan o‘rab olishgan. Barmoqlar bo‘g‘imlari kasalliklarida esa misdan tayyorlangan uzuklar taqib yurishgan. Bunda og‘riqlar kamayib, bo‘g‘imlar harakati tiklangan. Tutqanoq kasalligi bilan og‘rigan bemorning qo‘llariga mis to’plar, tangalar, uzuklar berib qo‘yilgan. Isitmani davolashda esa 18-asrdan boshlab ajoyib va original usul qo‘llanilgan. Qaynoq suvga mis bo‘lagini qizdirib tashlashib, shu suvdan bemorga ichirilgan, ko‘p xollarda isitma tushishi kuzatilgan.

Mis insonga omad va sog‘liq hadya etadi. U organizm uchun muhim mikroelement hisoblanib, qon tomirlar, tog‘ay, teri, o‘pka va qon tomirlar devori asosi hisoblanmish biriktiruvchi to‘qima sintezida ishtirok etadi. Bundan tashqari mis gemoglobinni hosil bo‘lishida ham muhim. Uning yetishmasligi aorta anevrizmasi va bosh miya qon tomirlari shikastlanishlariga olib keladi.

Zamonaviy olimlarga misning baʼzi bir bakteriya turlarini o‘ldira olish xususiyati borligi maʼlum, albatta ilgari bunday maʼlumotlar bo‘lmagan lekin, misdan tayyorlangan zirh kiygan askarlar charchoqni kam his etganlar, jang vaqtida olgan shikastlari yiringlamagan va tezroq bitishi  maʼlum bo‘lgan. Qadimgi Sharq tabiblari yiringli yaralarni mis plastinkalar bilan davolashni maʼqul deb hisoblaganlar. Afsonalarga ko‘ra qadimgi yunon faylasufi, shoir va siyosiy arbob, vrach Empedokl mis sandaliyalar kiyib yurgan, bu bilan u oyoq kaftida joylashgan inson tanasi organlari bilan bog‘liq muhim energetik nuqtalar massajini amalga oshirgan. Shu maqsadda boshqa yunon faylasufi va olimi Aristotel uxlayotganda misdan yasalgan sharni qo‘liga ushlab uxlagan.

Bilakka taqilgan mis bilakuzuklar kapillyarlar devorini mustahkamlanishiga, bosimni normallashuviga hamda bilak bo‘g‘imlarida tuz to‘planishini oldini olishga yordam beradi. Agar siz har kunlik misga bo‘lgan ehtiyojingizni qondirishni o‘ylasangiz misdan yasalgan taqinchoqlar yoki mis plastinkalaridan foydalanishingiz mumkin, faqat ularni tozalab turishni unutmang.

Mis plastinkalar karlikni davolashda, turli xil yallig‘lanishda, et lat yeyishida, umuman terining har qanday shikastlanishlarida yordam beradi, buning uchun mis plastinkasini  og‘riqli uchastkaga qo‘yish kerak.  Bu usul o‘ta qadimiy hisoblanadi, bundan buyuk shifokorlarimiz Gippokrat va Ibn Sinolar ham foydalanishgan.

Misr va Suriyada hozirgi kunda ham bu usuldan foydalanishadi, agar chaqaloqning tishlari chiqavermasa ikkala bilaklari va oyoqlariga mis bilaguzuklari taqib qo‘yiladi.

Radikulit, osteoxondroz, gaymorit, angina, bronxit, bronxial astma, pnevmoniya, poliartrit, oshqozon ichak traktining surunkali kasalliklari, jigar va o‘t yo‘llari kasalliklari, mushak va nerv chigallari  yallig‘lanishi, yaxshi sifatli o‘sma kasalliklari, sil, yurak, qon tomir surunkali kasalliklarini davolashda yaxshi samara beradi. Mis plastinkalar bilan isitmani tushirish, qonni to‘xtatish, moddalar almashinuvini tezlashtirish, operatsiyalardan keyingi tiklanish bosqichlarida organizmning tiklanishiga yordam berish mumkin.

Mis davolash maqsadida kadimdan qo‘llanilib kelingan. Shunga qaramasdan bugungi kunga qadar ham  bu metallning foydali xususiyatlari to‘liq o‘rganilmagan. Qadimgi tibbiyotda mis xavfli sudraluvchi yaralarni davolaydi, ularning tarqalishiga to‘sqinlik qiladi, ortiqcha go‘shtni «yeydi» deb hisoblashgan. Agar misni bir necha kun sirkada saqlab, keyin xina bilan aralashtirilib tashqi qo‘llanilsa yo‘talda va soch to‘kilishida yordam beradi. Zamonaviy ilmiy tibbiyotda mis saqlovchi moddalarning yallig‘lanishga qarshi, o‘smaga qarshi, Immunomodullovchi  va antimikrob xossalari aniqlangan. Mis tirozinaza, sitoxromoksidaza kabi bir qator fermentlar tarkibiga kiradi, suyak ko‘migining qon yaratish funksiyasini stimullaydi. Plazma tarkibidiga misning 90% gacha miqdori seruloplazmin tarkibiga kiradi.Mis plastinkalar karlikni davolashda, turli xil yallig‘lanishda, et lat yeyishida, umuman terining har qanday shikastlanishlarida yordam beradi, buning uchun mis plastinkasini  og‘riqli uchastkaga qo‘yish kerak.  Bu usul o‘ta qadimiy hisoblanadi, bundan buyuk shifokorlarimiz Gippokrat va Ibn Sinolar ham foydalanishgan.

Misr va Suriyada hozirgi kunda ham bu usuldan foydalanishadi, agar chaqaloqning tishlari chiqavermasa ikkala bilaklari va oyoqlariga mis bilaguzuklari taqib qo‘yiladi.

Radikulit, osteoxondroz, gaymorit, angina, bronxit, bronxial astma, pnevmoniya, poliartrit, oshqozon ichak traktining surunkali kasalliklari, jigar va o‘t yo‘llari kasalliklari, mushak va nerv chigallari  yallig‘lanishi, yaxshi sifatli o‘sma kasalliklari, sil, yurak, qon tomir surunkali kasalliklarini davolashda yaxshi samara beradi. Mis plastinkalar bilan isitmani tushirish, qonni to‘xtatish, moddalar almashinuvini tezlashtirish, operatsiyalardan keyingi tiklanish bosqichlarida organizmning tiklanishiga yordam berish mumkin.

Mis davolash maqsadida qadimdan qo‘llanilib kelingan. Shunga qaramasdan bugungi kunga qadar ham  bu metallning foydali xususiyatlari to‘liq o‘rganilmagan. Qadimgi tibbiyotda mis xavfli sudraluvchi yaralarni davolaydi, ularning tarqalishiga to‘sqinlik qiladi, ortiqcha go‘shtni «yeydi» deb hisoblashgan. Agar misni bir necha kun sirkada saqlab, keyin xina bilan aralashtirilib tashqi qo‘llanilsa yo‘talda va soch to‘kilishida yordam beradi. Zamonaviy ilmiy tibbiyotda mis saqlovchi moddalarning yallig‘lanishga qarshi, o‘smaga qarshi, immunomodullovchi  va antimikrob xossalari aniqlangan. Mis tirozinaza, sitoxromoksidaza kabi bir qator fermentlar tarkibiga kiradi, suyak ko‘migining qon yaratish funksiyasini stimullaydi. Plazma tarkibidiga misning 90% gacha miqdori seruloplazmin tarkibiga kiradi.

Qarshi ko‘rsatmalar: mahsulotning tarkibiy qismiga individual qarshilik, homiladorlik, laktatsiya davri.

Ehtiyotkorlik bilan: Bolalarga shifokor maslahatiga ko‘ra tavsiya qilinadi.

Ko‘llash usuli va dozalari:

Kattalar – bir choy qoshiqdan dan ikki mahal ovqat vaqtida til ostiga isteʼmol qilinadi.

Bolalar – 4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar bir choy qoshiqdan bir mahal ovqat vaqtida til ostiga isteʼmol qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumot

Катталар:

бир чой қошиқдан икки маҳал овқат вақтида тил остига истеъмол қилинади.

Болалар:

4 ёшдан 12 ёшгача бўлган болалар бир чой қошиқдан бир маҳал овқат вақтида тил остига истеъмол қилинади.

Даволаш давомийлиги:

Шифокор кўрсатмаси ва тавсияси билан 90-120 кун.

Fikr-mulohazalar

Baho berilmagan.

“Nano COPPER&rdquo mahsulotiga birinchilardan bo'lib fikr bildiring;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

    Savatcha