Bizning Mahsulotlar

Nano GOLD


0.00 UZS

Depressiv holatni oldini olish  va terini yoshartirish vositasi

Tasnif

  • Migren (bosh og‘rig‘i) va etiologiyasi noaniq kuchli bosh og‘riqlari intensivligi va chastotasini kamaytirishda;
  • Depressiv holatlar, o‘ta tushkun kayfiyatlar, mavsumiy qayg‘uga beriluvchanlikni oldini olishda;
  • Yoshlik va go‘zallik uyg‘unligi, erta ajin tushishini oldini olishda, terini yoshartirishda;
  • Gastrit, oshqozon shirasi kislotaliligini kamaytirishda;
  • Mikrosirkulyatsiyani yaxshilashda, artritlarda;
  • Spirtli ichimlikka tobelikni yo‘qotishda.

KOLLOID OLTIN

Bugungi kunda oltinning davolovchi xususiyatlariga ko‘p eʼtibor qaratilmoqda, xususan oltinning kolloidli eritmasiga. Birinchi marta kolloid oltin eritmasi 1857 yili kimyogar olim Maykl Faradey tomonidan olingan. Keyinchalik Robert Kox bu eritmada mikobakteriyalarning o‘limini kuzatgach uni sil kasalligida qo‘llashni tavsiya etgan. Auroterapiya tarafdorlari kolloid oltin eritmasi asab sistemasi holatini barqarorlashtiradi, yurak qon tomir tizimiga ijobiy taʼsir qiladi, organizmni yuqumli kasalliklarga bo‘lgan chidamliligini oshiradi  deb taʼkidlashadi. Shu jumladan, boshqa oltinning eruvchan tuzlariga nisbatan kolloid oltin eritmasini  inertligi, chidamliligi va toksik emasligini uqtirishadi.

 Bu modda o‘zi nima?

Oltinni kolloid eritmaga qo‘shish tarixi allaqachon boshlangan edi. Qadimiy Misr va Xitoyda eramizdan avvalgi  I asrda bunday eritma kosmetik maqsadda ishlatilgan. Bu moddani oltin zarrachalari mavjud dengiz qirg‘oqlaridan olishgan. Shuning uchun bunday suvni to‘laqonli  kolloid oltin  eritma  deb atash mumkin emas. Eritmani kosmetologiya hamda hayot eliksiri sanab ichga qabul qilishgan.

Kimyo nuqtai nazaridan kolloid sistema bu- bir zarrachali muhit bo‘lib, unda ikki va undan ko‘p fazalar mavjud. To‘g‘ri maʼnoda biz oddiy suvni ko‘ramiz, lekin molekula va atomlar haqida so‘z ketganda suvda bir biri bilan va suv bilan hech qanaqa taʼsirga ega bo‘lmagan  oltin zarrachalari suzib yuradi. Haqiqatda bu kolloid eritmani suvdagi oltinning  mayda suspenziyasi deb atash mumkin.

Bundan tashqari oltin zarrachalari quyidagi xususiyatlarga ega:

  1. O‘ta kichik o‘lcham;
  2. Suv demineralizatsiya qilingan bo‘lishi kerak (yaʼni suv tarkibida oltindan boshqa moddalar  bo‘lmasligi kerak);
  3. Oltin zarrachalari bir turdagi zaryadga ega, shuning uchun bir biridan qochadi;
  4. Zarrachalar tubga cho‘kishmaydi, muallaq holda turishadi.

      Qo‘llash sohalari

Tushkunlikka va mavsumiy qayg‘uga beriluvchan insonlarning kayfiyatini, ruhiyatini ko‘taradi, tushkunlikdan qutulishga yordam beradi. Oltin yurakning   ritmiklik va  barqarorlilik faoliyatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri taʼsir qiladi, qon aylanish sistemasi funksiyalarini normallashtiradi. Regeneratsiya jarayonlariga yaxshi bo‘ysunmaydigan organlar ayniqsa bosh miyaga yaxshi taʼsir etadi. Ichki sekretsiya bezlari funksiyalarini tiklanishiga yordam beradi, nerv sistemasini stimullaydi, stress holatlarini oldini oladi. Oshqozon ichak trakti kasalliklarida davolovchi taʼsir ko‘rsatadi.

Oltin termoregulyatsiya mexanizmi, ayniqsa shamollash, isitma va uyqu vaqtidagi ko‘p terlash holatlarida pozitiv taʼsir qiladi. Kumush bilan birgalikda qo‘llash organizmni kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi, yaʼni agar kumush yallig‘lanishga qarshi ishlasa, oltin esa hayotiylik va uzoq umrlilikni tiklaydi.

Akupunktura sohasi mutaxassislari igna bilan davolashda o‘z amaliyotlarida  muolajalarni samaradorligini oshirish maqsadida ignalarini oltin bilan qoplashadi. Bu esa o‘z navbatida ignadan inyeksiya nuqtasigacha quvvatni o‘tishini tezlashtirib, igna bilan davolash samaradorligini oshirishga muvaffaq bo‘linadi. Xuddi shu maqsadda kumush xam qo‘llaniladi.

Kolloid oltin tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Quyidagi sog‘liq bilan bog‘liq muammolarda kolloid oltin eritmasi qo‘llaniladi:

  1. Kolloid oltin eritmasini qabul qilish suitsidal fikrlarni, qo‘rquv va yomon kayfiyatdan xalos etadi;
  2. Teriga taʼsiri. Kolloid oltin eritmasini shikastlangan teri yuzasiga surilishi natijasida to‘qimalar qayta tiklanish qobiliyatiga va teri mikrosirkulyatsiyasini yaxshilanishiga olib kelganligi aniqlangan. Bugungi kunda kosmetologik kompaniyalar tomonidan oltinni teri qarishini oldini oluvchi kremlarga qo‘shish ustida juda ko‘p ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Natijada oltin qo‘shilgan Mahsulot teriga ishlatilganda terining epidermis qavati  hujayralarining faol bo‘linishii va terining tiklanish jarayoni tezlashishi kuzatiladi, bu esa o‘z navbatida qariy boshlagan teriga ijobiy taʼsir qiladi;
  3. Oltin har qanday holatda ham yallig‘lanish chaqirmaydi. Aksincha, bu qimmatbaho metall tarkibli eritmalar yaralarni va shikastanishlarning bitishini tezlashtiradi, kuyishdan keyingi terining  holatini tiklanishiga yordam beradi;
  4. Yurak-qon tomir sistemasini o‘z vazifalarini bajarishini yaxshilaydi. Oltin tarkibli eritmalar Mikrotsirkulyatsiyani Agar yuza samara zarur bo‘lsa, eritma bilan faqat o‘sha shikastlangan yuzagagina suriladi, agarda yurakning ishini yana-da yaxshilash zarur bo‘lsa, unda kolloid oltin eritmasi  ichga qabul qilinadi;
  5. Artritlarda bu moddani doimiy muddatda bir necha tomchi isteʼmol qilganda yordam beradi. Bo‘g‘imlarda og‘riq va yallig‘lanish belgilari kamayadi;
  6. Kolloid xoldagi oltin termoregulyatsiya jarayonlariga ijobiy taʼsir qiladi, isitmani tinchlantirib, ichki terlash holatlarini kamaytiradi. Shuning  uchun bu moddani shamollash holatlarida  kompleks terapiya tarkibida qo‘llash mumkin;
  7. Oltin organizmda o‘zini o‘zi boshqarish jarayonlariga taʼsir qiladi, organizmga organ va sistemalarda balansni ushlab turish uchun yordam beradi, shuningdek, bu moda immunostimullovchi taʼsirga ega bo‘lib, organizmning tonusini oshiradi;
  8. Kolloid oltin  eritmasi gastritlarda, oshqozon shirasi kislotaliligioshishida qo‘llaniladi, metabolizm jarayoniga taʼsir qilganligi bois, metabolizmni tezlashtirib, organizmdan toksinlarni tezroq chiqarilishini tezlashtiradi. Shuning uchun oshqozon ichak trakti kasalliklariga chalingan bemorlarga boshlang‘ich bosqichlarda bu moddani ichga qabul qilishga buyurish mumkin;
  9. «Oltin vasvasi» davridayoq kolloid oltin eritmasi alkogolizmga  qarshi qo‘llashgan. Ichkilik bilan bog‘liq muammosi bor insonga oltin taʼsir o‘tkazadi deb hisoblangan, yaʼni ichkilikka berilish xissini kamaytiradi va ushbu muammoni hal etishda konservativ davolashda qo‘llaniladi;
  10. Oltinning o‘zi alohida tarzda bakteritsid taʼsiri sust, ammo sezilarli samara kumush qo‘llanilgandan keyin olinishi mumkin. Avvaldan bu ikki metall eritmalari qo‘shib ishlatilgan. Oltin bakteriyalarni organizmda kamaytirish xususiyati mavjudligi sabab, ikki metall eritmalarining qo‘shilmasi juda kuchli samaradorlikka ega;
  11. Yaqinda kolloid oltin eritmasini ichga qabul qilishda o‘sma hujayralarini ko‘payishini oldini olishda yaxshi samara berishi aniqlandi. Hozirgi kunda bu yo‘nalishda qizg‘in izlanishlar olib borilmoqda, lekin aniq maʼlumotlar hozircha kam.
  12. Aqliy faoliyatni  qo‘llab quvvatlaydi va diqqatni jamlashga yordam beradi;
  13. Ish qobiliyati va chidamlilikni oshiradi;
  14. Ko‘ruv harakat koordinatsiyasini yaxshilaydi;
  15. Migren va bosh og‘rig‘iga duch kelgan ko‘p bemorlar bu modda isteʼmolidan keyin kuchli bosh og‘riqlari va MIGRENog‘riqlarini intensivligi va chastotasini  keskin pasayganligini sezishadi;
  16. Uyquni yaxshilaydi;
  17. Kuch quvvat va tetiklik baxsh etadi.

Kolloid oltinni isteʼmol qilish quyidagi holatlarda yaxshi samara berishi  aniqlangan:

  1. Organizmga energetik quvvat va ko‘tarinki kayfiyat baxsh etadi;
  2. Kasalliklarga qarshi inson organizmining tabiiy qarshiligini oshiradi;
  3. Umrni uzaytiruvchi va yashovchanlik qobiliyatiga ijobiy taʼsir etuvchimodda;
  4. Organizmda endokrin tizimning  faoliyatini yaxshilaydi;
  5. Jismoniy yuklamalarda zo‘riqishni yengil o‘tkazish;
  6. Shikastlangan DNKni tiklash;
  7. Tana organ sistemalarida og‘riq sindromini yengillashtiradi;
  8. Yallig‘lanishga qarshi samarador taʼsirga ega;
  9. Ayniqsa giyohvandlik va ichkilikka berilish holatlarida depressiyaga qarshi taʼsiri.

Nano oltin tibbiyotda

Oltinning nanozarrachalarini rasmiy tibbiyotda qo‘llanilayotganiga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Nano oltin quyidagi kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi:

  1. Xavfli o‘smalar diagnostikasi va davolashda. Davolashning innovatsion usuli shundan iboratki, o‘sma to‘qimasiga infraqizil nurlanish bilan birga kompleksda oltinning quyosh nanozarrachalari yetkaziladi, bunda o‘sma to‘qimasi o‘ladi. Shuni taʼkidlash joizki, saraton to‘qimalarining qon tomirlari atrofiyasi tufayli sog‘lom to‘qimalar shikastlanmaydi;
  2. Revmatoid artrit, poliartrit. Bu kasalliklarni davolashda oltin metalitarkibiy birikmalari mavjud preparatlardan foydalaniladi. Ular yaqqol barqaror taʼsir o‘tkazadi. Ularni nosteroid yallig‘lanishga qarshi moddalar bilan birgalikda qo‘llashadi. Bunday preparatlarni taʼsir mexanizmi shundan iboratki,  oltin metali birikmalari makrofaglarni bosim ostiga oladi (ugnetayut), bu esa o‘z navbatida nosog‘lom hujayralarni rivojlanishini oldini oladi ;
  3. Tibbiyotda yana usul borki, bu usulning nomi «oltin o‘q» deb ataladi. Oltin nanozarrachali  modda faqat kasallik tarqatuvchi hujayralarni shikastlaydi, sog‘lom hujayralarga esa tegmaydi. Bunday usul toksoplazmoz kasalligiga qarshi kurashda yuqori samaralarni berdi.

Bugungi kunda organizmda o‘sma hujayralarni boshlang‘ich muddatlarda aniqlash jarayonini mukammallashtirish ustida keng ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Kichik o‘lchamdagi xavfli o‘sma hujayralarini odatdagi usullarimiz bilan aniqlash qiyinlik qilmoqda. Agarda organizmga oltin nanozarrachali modda kiritilsa o‘sma lazer nuri ostida «ovoz chiqarib» boshlaydi.

Nano oltin kosmetologiyada

Kosmetologiyada Nano oltin teri qarish jarayonini oldini oladigan asosiy modda hisoblanadi. Maʼlumki, qarishning asosiy sabablaridan biri- to‘qimalarda faol kislorod miqdorining o‘ta ko‘pligi. Teri parvarishiga moslashtirilgan vositalarning tarkibidagi oltinning bo‘lakchalari gazning zararini neytrallaydi. Natija sifatida- teri yuzasi  pH muhitini normal holatga tiklanishi va to‘qimalarning elektrolitik balansini normallashuvidir.

Oltin bugungi kunda  plastik xirurgiyada ham qo‘llanilmoqda. Teri ostiga ingichka oltin iplar kirgiziladi. Vaqt o‘tib uning atrofida yupqa to‘qima shakllanadi, qaysiki bu to‘qima karkas tayanch vazifasini o‘taydi.

Hozirgi vaqtda oltinning davolovchi xususiyatlari fan tomonidan tasdiqlangan. Nanotexnologiyaning intensiv rivojlanishi oltin metallini turli sohalarda, jumladan, tibbiyotda qo‘llanilishiga keng imkoniyatlar yaratdi.

Isteʼmol qilish tartibi

 Bolalar  va kattalar uchun Bir kunda bir mahal yarim choy qoshiqdan ichga qabul qilinadi. Imkon qadar uyqudan oldin yoki nonushta va tushlik orasida.

Eritma asosida preparatlar harakat mexanizmi o‘rganilmagan. Lekin organizmda kolloid oltin yig‘ilib qolmasligi aniq deb hisoblanadi. Bu moddani kattalar va bolalar  yarim choy qoshiq miqdorida bir kunda bir marta  qabul qilishlari mumkin. Mahsulotni qabul qilish uchun eng optimal vaqt uyqudan avval, yoki nonushta va tushlik o‘rtasida deb hisoblanadi.

Qarshi ko‘rsatmalar

 Mahsulotning tarkibiy qismiga individual qarshilik, homiladorlik, laktatsiya davri.

Davolash davomiyligi: Shifokor ko‘rsatmasi va tavsiyasi bilan 90-120 kun.

Tarkibi: Oltin nanozarrachalari 10mg/l, distillangan suv

Qo'shimcha ma'lumot

Катталар:

ярим чой қошиқдан бир маҳал истеъмол қилинади, Имкон қадар уйқудан олдин ёки нонушта ва тушлик орасида.

Болалар:

ярим чой қошиқдан бир маҳал истеъмол қилинади, Имкон қадар уйқудан олдин ёки нонушта ва тушлик орасида.

Fikr-mulohazalar

Baho berilmagan.

“Nano GOLD&rdquo mahsulotiga birinchilardan bo'lib fikr bildiring;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

    Savatcha