Bizning Mahsulotlar

Nano IRON


0.00 UZS

Temirga bog‘liq kamqonlikni davolovchi vosita

Tasnif

Tarkibi; Temir nanozarrachalari 20mg/l, distillangan suv:

  • Temirga bog‘liq kamqonlikni davolashda;

  • , Arterial bosim normallashuvida faoliyatining buzilishi Yurak qon tomirlar tizimi ;

  • Homiladorlikda bola tashlash xavfining yuzaga kelishi va erta tug‘ruq hollarining oldini olishda;

  • Immun tizim faoliyatini yaxshilashda;

  • Hazm trakti faoliyatini normallashtirish;

  • Yurak qon bosimini davolash.

    Temirning organizm uchun foydali tomonlari va uning organizmga taʼsiriTemir qonda gemoglobinni hosil bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Organizmni bakteriyalardan himoyalash xususiyatiga ega. Uningsiz immunitet hosil bo‘lishi mumkin emas. Qalqonsimon bez gormonlari sintezida ishtirok etadi, B vitamin guruhi to‘liq va kuchli ishlashi uchun ham temirning roli katta

    Boshqa mikro va makroelementlar bilan taʼsiri

    Mis, kobalt, marganes va vitamin C temirning o‘zlashtirilishi uchun zarur. Temir o‘z o‘rnida vitamin B gruppasini normal metabolizmida xizmat qiladi, temir o‘sishni, kasalliklarga qarshilikni kuchaytirib, qarishni oldini olishga yordam beradi.

       Organizmda temirning roli

    Temir deganda aqlimizga birinchi navbatda gemoglobin keladi, bu o‘sha qizil qon tanachalari. Bundan tashqari mushak pigmenti mioglobin haqida ham unutmaslik kerak, chunki bu modda ham temirsiz hosil bo‘la olmaydi. Temir kislorodni hujayralarga yetkazib beruvchi eng muhim elementdir, qon ishlab chiqilishidagi asosiy element, inson immun sistemasi faoliyatiga katta taʼsirga ega.

    Temir tanqisligi

    Organizmda temir moddasining yetishmovchiligi boshlang‘ich bosqichlarda holsizlik, rangparlik va lanjlikka olib keladi, agar jarayon to‘xtatilmasa xushdan ketishlar, xotiraning yo‘qolishi va organ to‘qimalarda ortga qaytmas jarayonlar kafolatlangan. Bunday holatlarni oldini olish maqsadida esa oziq ovqat mahsulotlarimiz tarkibida yetarlicha temir moddasini bo‘lishiga harakat qilishimiz kerak, shuni esdan chiqarmaslik kerakki, temirning to‘liq o‘zlashtirilishi uchun vitamin C va mis elementi zarur.

    Ayollarning temirga bo‘lgan ehtiyoji erkaklarga nisbatan ko‘proq, sababi xayz siklida ko‘p temir moddasi yo‘qotiladi. Agar erkaklar uchun kundalik ehtiyoj 10mg.ni bo‘lsa, ayollar uchun 18 mg.ni tashkil etadi. Homiladorlar va emizikli ayollar esa yana-da ko‘proq muxtojdirdar. Ularning sutkalik ehtiyoji 33-38 mg.ni tashkil etadi. Ammo eng ko‘p temirga bo‘lgan ehtiyoj bu bolalardir, ular o‘suvchi organizm bo‘lganliklari uchun 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bu ko‘rsatkich 4-18mg.bo‘lsa, 18 yoshgacha esa 11-15 mg.ni tashkil etadi.

    Temir inson organizmida

    Inson tanasidagi mavjud temir miqdori katta mixning o‘lchamicha keladi, bu o‘rtacha 2,5 – 4,5 gr. Bu xuddi kichik son ko‘rinadi, lekin uning organizmda hayotiy muhim jarayonlarga taʼsiri ulkan. Va uning yetishmovchiligi hamda ortib ketishi tezda bizga taʼsir etib,jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin.

    Temirning vazifalari judayam ko‘p, ularning asosiylari:

    • To‘qimalarga kislorod transportirovkasi- temir gemoglobin tarkibiga kiradi, qaysiki bu eritrotsitlar qizil qon tanachalarini hosil qiluvchi oqsil hisoblanadi. Aynan temir kislorodni bog‘lashga javob beradi, undan keyin esa eritrotsitlar uni barcha organ sistemalarga tarqatadi. Xuddi mana shu qizil qon tanachalari albatta temir yordamida yana qayta ishlangan karbonat angidridni tanlab olib, o‘pkaga utilizatsiya uchun yetkazib berishadi. Temirsiz hujayra darajasida nafas jarayonlari bo‘lishi mumkin emas.

    • Metabolizm- temir inson organizmida toksinlarni yo‘qotish va utilizatsiya qilish, xolesterin almashinuvi, kaloriyalarni energiyaga almashinuvi kabi almashinuv jarayonlari uchun zarur bo‘lgan ko‘plab oqsil va fermentlar tarkibiy qismi hisoblanadi. Bundan tashqari temir immun tizimga agressorlarga qarshi kurashda yordam beradi.

    Temirning yetishmovchiligi oqibatida tashqi ko‘rinishimizda, sog‘lig‘imizda va kayfiyatimizda sezilishi ajablanarli xol emas. Bunda teri rangpar va quruq, sochlar kuchsiz va xira, tirnoqlar esa sinuvchan bo‘lib qoladi. Lablar burchaklarida bitishi qiyin bo‘lgan yarachalar, qo‘l barmoqlarida  va oyoq tovonlarida ancha og‘riqli yorilishlar kuzatiladi.

    Yetishmovchilik darajasiga ko‘ra simptomlar kelib chiqaveradi, ishtahasizlik, ko‘pchilik yutinganda diskomfort sezishadi. Baʼzan taʼmlar eng g‘alati tarzda o‘zgaradi, masalan bo‘rni yegisi keladi yoki qog‘ozni chaynagisi kelib qoladi.

    Temir yetishmovchiligi bor odamlar doimiy ravishda charchoq bilan yurishadi, hatto uxlasalar ham charchab uyg‘onishadi. Ozgina jismoniy yuklamalar ham unda kuchli hansirash keltirib chiqaradi, shunday xolda kislorod yetishmovchiligi ko‘rinadi. Boshqa tipik simptomlari bu bosh aylanishi, hatto xushdan ketishlar, uyquchanlik, xotiraning pasayishi, asab qo‘zg‘aluvchanligining oshishi kabilar kiradi.

    Temir yetishmovchiligi mavjud insonlar tez tez shamollash va ichak infeksiyalariga moyil bo‘lishlari odatiy xol.

    Temir yetishmovchiligini tashxislash juda oson. Uning asosiy sabablaridan biri bu ovqat ratsionida temirning yetarli miqdorda qabul qilmaslik, yoki uning faol ishlatilishi- (o‘sish jarayonida, homiladorlik, laktatsiya davrida, xayz siklida), travma oqibatida kuchli qon yo‘qotishlar vaqtida, ichki qon ketishlarda, gastritlarda, disbakterioz va qurtlar invaziyasida temir so‘rishi jarayoni buziladi. S va V12 vitaminlari yetishmovchiligida xam  temir o‘zlashmaydi, qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi va qo‘rg‘oshin bilan zaharlanish holatlarida xam temir yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin.

    Immunitetning temir yetishmovchiligi bilan bog‘liq xolda pasayishi ertami kechmi yuqumli kasalliklarning surunkali holatga o‘tishiga olib keladi va bu holat temir tanqisligining eng asosiy xavflaridan biridir. Temir tanqisligi anemiyasi- yurak yetishmovchiligi va jigar kasalliklari rivojlanishida muhim xavf omili bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa anemiyaning bu turi Homiladorlar uchun xavfli, sababi ulardan tug‘ma kamqon bolalar tug‘iladi.

    Qanday qilib temir darajasini ko‘tarish mumkin

    Agarda sizda qon tahlillari natijasida temir yetishmovchiligi aniqlansa, darrov o‘zboshimchalik bilan dorixonaga borib minerallar kompleksi xarid qilishga shoshilmang, avval mutaxassisga murojaat qiling, sababi bu temir yetishmovchiligi natijasida rivojlangan kasalliklarning borligini aniqlash zarur. Ular temir moddasini so‘rilish jarayonini buzilganligidan dalolatdir. Agar tanqislik noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lsa, buni tuzatish oson.

    Uzoq muddat temir tanqislik holati quyidagi xollarga olib kelishi mumkin:

    • Yurak qon tomir sistemasi faoliyatining buzilishi. Arterial bosimning pasayishi;

    • Mushaklar tonusining pasayishi, mushaklar atrofiyasining asta-sekin rivojlanishi;

    • immunsistema faoliyatining buzilishi, o‘tkir respirator virusli infeksiyalar va o‘tkir respirator kasalliklarni keltirib chiqaradi:

    • Hazm qilish trakti faoliyatining buzilishi;

    • Ayollarda menstrual siklning buzilishi;

    • Homiladorlarda bola tashlash xavfining yuzaga kelishi va erta tug‘ruq hollarining kuzatilishi;

    • Nerv sistemasi faoliyatining buzilishi: kayfiyatning keskin o‘zgarib turishi, xavotirlik xissi, qo‘zg‘aluvchanlikning oshishi;

    • Shu jumladan temir kislorod tashuvchanlikni taʼminlar ekan uning yetishmovchiligidan butun organizm u yoki bu maʼnoda, u yoki bu miqdorda talafot ko‘radi.

    Isteʼmol qilish tartibi  Dozalash:

    Kattalar – 5,0 ml.dan ikki mahal ovqat vaqtida isteʼmol qilinadi, taʼbga qarab iliq qaynatib sovutilgan suv yoki sharbatga qo‘shib isteʼmol qilish mumkin.

    Bolalar –  2,5 ml. dan ikki mahal ovqat vaqtida 

Qo'shimcha ma'lumot

Катталар:

5,0 мл.дан икки махал овқат вақтида истеъмол қилинади.

Болалар:

2 ёшдан бошлаб 2,5 мл. дан икки маҳал овқат вақтида истеъмол қилинади.

Fikr-mulohazalar

Baho berilmagan.

“Nano IRON&rdquo mahsulotiga birinchilardan bo'lib fikr bildiring;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

    Savatcha