Bizning Mahsulotlar

Nano MAGNESIUM


0.00 UZS

Asab va immun tizimi faoliyatini meʼyorlashtiruvchi vosita

Tasnif

  • Immunitetni ko‘tarish;
  • Asab va immun tizimi faoliyatini meʼyorlashtiradi;
  • Mushaklar spazmi va talvasalarida;
  • Ko‘ngil aynishi, qusish, sezgining kamayishi, kislotali reflyuksda;
  • Ich qotish, 2-tip qandli diabetda;
  • Tashvish va vahima xurujlar:

MAHSULOT HAQIDA TO’LIQ MA’LUMOT

MAGNIY:

Magniy kalsiy, natriy va kaliy qatorida organizmdagi birinchi to‘rtlik minerallar tarkibiga kiradi. Hujayra ichi tarkibiga ko‘ra esa kaliydan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Inson ovqat bilan magniyni qabul qiladi. Magniy ishtirokida 300 dan ortiq fermentativ reaksiyalar amalga oshiriladi. Ayniqsa magniy energiya utilizatsiyasi bilan bog‘liq jarayonlarda faol ishtirok etadi, xususan glyukozani parchalanishi va organizmdan sarflangan shlak va zaharli moddalarni chiqarilishida. Vitamin V1 (tiamin), piridoksin vitamin V6 va vitamin’liq ey’zlashadi uchun magniy ishtirokida S. Magniy mikroelementining sharofati bilan hujayralarning tuzilishi o‘sish vaqtida yanayam chidamli, organ va to‘qimalar hujayralarining regeneratsiyasi va yangilanishi yana-da samarali o‘tadi. Suyak tuzilmalarini barqarorlashtirib, suyaklar qattiqligini taʼminlaydi.

Magniy mikroelementi ko‘plab fermentlarni kofaktori hisoblanadi, jumladan, kokarboksilaza va koenzim A ning, nerv impulslari o‘tkazilishi va yurak ritmik ishida zarur, oqsil va nuklein kislotalari almashinuvida faol ishtirok etadi, energiya o‘tkazilishini nazorat qiladi, nerv va mushak to‘qimalariga signallar o‘tkazilishini nazorat qiladi, silliqmuskulli tolalarning bo‘shashiga yordam beradi, arterial bosimni tushiradi, trombotsitlar agregatsiyasini oldini oladi, ichak motorikasini yaxshilab, ichaklar ichidagi masssadan organizmni xalos etadi, organizmning sutkalik ehtiyoji o‘rtacha 400mg.ni tashkil etadi.Magniy mikroelementi inson organizmi umumiy salomatligini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan minerallardan biridir. Organizmda magniyning 50% atrofida qismi suyaklarda topilgan. Magniy oqsil va yog‘ moddalari shakllanishida, yangi hujayralarni hosil bo‘lishida, V guruh vitaminlarini faollashda, qon ivish va energiya hosil bo‘lishida muhim ahamiyatga ega. Insulin gormoni sekretsiyasi va faoliyati uchun xam magniy ishtiroki talab etiladi.

MAGNIY YETISHMOVCHILIGI

Magniy mikroelementi yetishmovchiligi simptom va belgilari juda keng. Ularning baʼzilari yengil kechadi, ammo baʼzilari sog‘likka jiddiy muammolar tug‘dirishi mumkin. Magniy yetishmovchiligi bo‘layotganini ko‘pchilik hatto bilmaydi xam, natijada kasalliklar sababi to‘g‘ri aniqlanmagan yoki noaniq bo‘lib qolaveradi va potensial magniy yetishmovchiligi nazardan chetda qolib bormoqda.Agar siz ovqat ratsioningizda yetarli ozuqa moddalari isteʼmol qilmasangiz yoki organizmingiz shu ozuqa tarkibini to‘liq o‘zlashtira olmasa, sizda magniy yetishmovchiligi bo‘lishi mumkin, bundan tashqari haddan ziyod alkogol va dori darmon mahsulotlarini ko‘p isteʼmol qilish xam magniy yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Magniy tanangizning yurak, buyrak va mushaklar salomatligiga yordam beruvchi qobiliyatini qo‘llashda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari u oziq moddalar darajasini boshqarib, suyaklarni kuchli saqlanishini taʼminlaydi.

CHARCHOQ.

Charchoq va lanjlik xissi bugungi kunda ko‘p uchraydigan holatdir. Va biz buni ko‘p xollarda ishdagi yuklamalarning ko‘pligi, stress omillari, yaxshi uxlamaslik, bolalar bilan yugur yugur bilan bog‘lab osongina o‘zimizni ovutamiz. Lekin magniy yetishmovchiligining eng ko‘p tarqalgan va erta aniqlanadigan simptomlardan biri charchoqdir. Chunki xar bir inson maʼlum bir vaqtda o‘zini qattiq charchagan sezishi mumkin va buning sababi shunaqa xam xilma xilki,baʼzan to‘g‘ri tashxislash xam qiyin bo‘lib qoladi. Magniy yetishmovchiligi shifokor ishonadigan birinchi sabablardan emasligi uchun davolashda ko‘pincha adashishlar uchrab turadi, afsuski, xar qancha davo muolajalari bo‘lmasin ovqat ratsioni magniy minerali bilan to‘ldirilmas ekan qattiq charchoq xissi o‘tib ketmaydi. Sababi magniy organizmda energiya ishlab chiqarilishi va tashilishiga yordam berar ekan, uning yetishmovchiligi organizmda osongina charchoq va lanjlik xissini chaqirib aqliy va jismoniy ish faoliyatimizga salbiy taʼsir etadi. Siz o‘z tanangizda energetik quvvatni doimiy ravishda ushlab turishni istasangiz ovqat ratsioningizda magniy miqdorini yetarlicha bo‘lishiga harakat qilishingiz kerak. Agarda sizda magniy miqdori sutkalik ehtiyoj qondirilayotgan bo‘lganda ham siz o‘zingizda charchoq sezsangiz, qo‘shimcha ravishda magniy mikroelementini qabul qilishingiz mumkin.

MUSHAK  spazmlari va talvasalari.

Mushak spazmlari va talvasalari nafaqat noqulay, balki og‘riqlidir ham. Bu xolatni boshqarib bo‘lmaydi, oldindan nima bo‘lishini bilmaymiz, o‘z mehnat kuningizni bunga eʼtibor qilmasdan davom ettirish mushkul. Sport bilan shug‘ullanuvchilar yetarlicha to‘g‘ri ovqatlanish ratsionining to‘liq emasligi, o‘ta kuchli jismoniy yuklamalar, organizmning suvsizlanishi, cho‘zilishning yetarli emasligi oqibatida mushak talvasalaridan qiynalishganidek, bu holat bilan oddiy odamlar ham to‘qnash keladilar. Agar siz doimiy ravishda spazm va mushak talvasalaridan qiynalayotgan bo‘lsangiz, bu magniyning organizmda yetishmovchiligi rivojlanayotganligidan birinchi belgidir. Vaqtinchalik massaj va cho‘zilishlar tufayli tanada yengillik paydo bo‘lishi mumkin, D, E va V vitaminlari kompleksi xam mushaklar talvasasida muhim ahamiyatga ega, shuning uchun siz bu xolatdan chiqish uchun har birining tanadagi sutkalik ehtiyoji qondirilayotganligiga xam eʼtibor berishingiz kerak bo‘ladi.

ARITMIYA

Magniy yurakning umumiy salomatligida o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Sababi magniy yurak muskullarining to‘g‘ri qisqarishida hayotiy muhim hisoblanadi, uning kam miqdorda bo‘lishi yoki yetishmovchiligi tanamizning eng muhim mushagi hisoblanmish yurakka salbiy taʼsir etadi. Aritmiya bu noregulyar yurak urishi hisoblanadi va magniy yurakni normal ritmida sizga bevosita yordamchidir. Bir nechta ilmiy tekshiruvlar shuni aniqladiki, organizmni doimiy ravishda yetarlicha magniy moddasi bilan taʼminlab turilsa, baʼzi bir yurak kasalliklari va muammolarini oldini olish mumkin ekan, jumladan aritmiyani xam. Odatda magniy tibbiy muassasalarda yurak aritmiyasi mavjud bemorlarni davolashda kompleks terapiya tarkibida tez tez qo‘llanilib turiladi. Bugungi kunda fanga maʼlumki, magniy meneralining yetarlicha organizmda bo‘lishi, ko‘pgina yurak kasalliklari va xususan yurak xurujlarini oldini olishda ahamiyati katta, shuning uchun hatto yurak aritmiyasi xavf kategoriyasidagi bemorlarga ham magniy mikroelementi berilmoqda.

BOSH AYLANISHI

Baʼzan bosh aylanishi bizni hayron qoldiradi, siz tez o‘tirgan joyingizdan turdingiz va bosh aylanishi kuzatildi, lekin tez o‘tib ketdi. Ammo bu magniy yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Agar shunday bo‘lsa,afsuski bu holat o‘z o‘zidan o‘tib ketmaydi va kun davomida yengillik bo‘lmay davom etishi mumkin. Charchoq holatiga o‘xshab bunday vaqtda davolovchi shifokoringiz sizga aniq tashxis qo‘yishga qiynalishi mumkin, chunki bosh aylanishi ko‘p kasalliklar alomati sifatida uchraydi. Natija magniy yetishmovchiligi holati muammoni tashxislash va yo‘qotish harakatida eʼtibordan chetda qolib ketadi. Magniyning past darajasi sizni nafaqat bosh aylanishidan behuzur bo‘lishga, balki butunlay muvozanatingizni yo‘qotishga ham olib kelishi mumkin. Agar sizda bosh aylanish holatlari tez tez uchrasa, bu magniy yetishmovchiligining ilk belgilari bo‘lishi mumkin. Bu holat qancha chuqurlashsa, shuncha sizdagi bosh aylanish holatlari kuchayishi kuzatilib, hayotingizni butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin, qaysiki sizning ish qobiliyatingizga salbiy taʼsir etib, vazifalarni bajara olmaslik holatiga va eng og‘ir xollarda hatto ishlay olmasligingizga olib kelishi mumkin. Bunday holatlarni oldini olish uchun albatta mutaxassislarga murojaat qilish zarur.

KO‘NGIL AYNISHI VA QUSISH

Xuddi bosh aylanishi kabi agar magniy yetishmochiligi kuzatilsa, sizda ko‘ngil aynishi va hatto qusish holatlari ham kuzatilishi mumkin. Aslida bu simptomlar magniy yetishmovchiligining eng erta xollarida bo‘ladi va jiddiy hisoblanmaydi, lekin shunga qarmasdan doimiy ravishda ko‘ngil aynib yurishi va qusish holatlari ko‘ngilsiz holatdir, ish rejimingizga salbiy taʼsir etadi. Doimiy ravishda bu holat kuzatilsa davolovchi shifokoringiz magniy yetishmovchiligiga shubha qilishi kerak. Yana shunday bo‘lishi mumkinki, agar sizning organizmingizda magniy miqdorining o‘ta yuqori miqdorda bo‘lsa doimiy ko‘ngil aynish va qusish holatlari kuzatiladi.

SEZGINING KAMAYISHI. 

Maʼlumki , magniy nerv impulslari o‘tkazuvchanligida faol ishtirok etadi, uning yetishmovchiligi esa tabiiyki nerv signallarining tana bo‘ylab noto‘g‘ri uzatilishi oqibatida tanada sezuvchanlikning pasayishi qo‘l oyoqlar sovuqqotib, tortishishi, nimadir suqilayotganlik holati kuzatilishi mumkin

SHAXSNING O‘ZGARISHI 

Bu sizga g‘alati tuyulishi mumkin, lekin magniy yetishmovchiligining birlamchi belgilaridan biri bu juda ko‘p g‘ayritabiiy miqdordagi tartibsizliklar, sababsiz asab qo‘zg‘aluvchanligi, oddiy narsalar ham xuddi sizga bosim o‘tkazilayotgandek ko‘rinishi, o‘zingizni noqulay sezishlar sizni shaxs sifatida o‘zgarishingizga olib keladi. Balki bunday holatlarni o‘zingiz sezayotgandirsiz, ammo muammoni tushunmasdan yechim topolmayotgan bo‘lishingiz mumkin. Mana shu holatda shifokorga murojaat qilsangiz sizga magniy yetishmovchiligi degan tashxisni qo‘yishi ehtimoldan juda yiroq, sababi ko‘pchilik buni sababini boshqa joydan izlashadi. Bu shaxsiy o‘zgarishlar va kayfiyatning doimiy o‘zgarishlaridan tashqari, uyqusizlik holatlari uzoq davom etaversa, sizning mehnat faoliyatingizda ham salbiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.

TASHVISH VA VAXIMA HUJUMLARI

Har bir inson hayoti davomida vaqti vaqti bilan tashvishlar yoki vaximalar xurujlarini boshidan o‘tkazadi. Agar siz bunday holatga doimiy ravishda tushib tursangiz, bu magniy yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Siz darrov buni xar kunlik stressga yo‘yib,eʼtiborga olmasligingiz mumkin, lekin siz agar odatda tashvishli va vaximachi bo‘lmasangiz, magniyni yetishmovchiligi degan tushunchaga jiddiy qarashingiz zarur. Afsuski, siz havotir va vaximalar xuruji bilan qiynalayotgan bo‘lsangiz, stress tanangizda magniy darajasini kamaytiradi, havotir va vaxima hujumlari sizning magniy zahirangizni sezilarli kamayishiga olib keladi. Vaximali hujumlarning juda ko‘p turli xil alomatlari mavjud, jumladan nafas olishning qiyinlashishi, yurak urishining tezlashishi, ko‘krak sohasida og‘riq, qo‘rquv va daxshatning kuchli bezovta qilishi, shuningdek qo‘l oyoqlarda igna suqilish kabi his va qaltirash holatlari qo‘rquv va vaximalar bilan birga juda katta noqulaylik tug‘diradi. Odatda bu holat bir necha daqiqa davom etadi, lekin sizga bu bir butun umrdek tuyulishi mumkin va siz bu holat o‘tib ketgandan keyin oxir oqibatda o‘zingizda kuchli emotsional charchoq his qilasiz. Bunday holat tez tez takrorlansa albatta mutaxassis maslaxatini olishingiz kerak.

UYQUSIZLIK

Magniy yetishmovchiligi uyqusizlikni bir nechta har xil usulda chaqirishi mumkin. Sababi yuqorida aytganimizdek mushak spazmlari kelib chiqishi natijasida oyoqlarda noxushlikni keltirib chiqaradi va uxlashga yotganda oyoqlarning ixtiyorsiz ravishda harakatga keltiradi, uxlolmaslikka olib keladi, bu albatta bevosita sabab bo‘lmasligi mumkin, lekin magniyning yetishmovchiligi to‘g‘ridan to‘g‘ri uyqu sifatini buzadi.

YUQORI QON BOSIMI

Amerisan Journal of Hypertension jurnalida nashrga chiqqan tajriba tekshiruvida aytilishicha, arterial bosim darajasi va magniyni qabul qilish darajalari o‘rtasida korrelyatsiya taxlili o‘tkazilganda arterial bosimi sog‘lom bo‘lgan insonlar organizmida magniy miqdorining yetarli ekanligi aniqlangan. Yuqori arterial bosimli bemorlarda esa magniy yetishmovchiligi aniqlangan. Magniy tarkibida yetarlicha mavjud bo‘lgan oziq moddalari isteʼmol qilinganda taxminan 100mg bir kunda insult kasalligiga chalinish xavfi 8% ga kamayganligi ko‘rsatilgan.

2- TIP QANDLI DIABET

Bu simptom g‘alati eshitilishi mumkin, lekin uni to‘g‘ri tushuntirilsa Haqiqatda juda katta ahamiyat kasb etadi. Baʼzi tibbiyot jurnallarida nashrga chiqqan tekshiruv natijalarida keltirilishicha, magniy glyukoza (qand) metabolizmida ahamiyatli rol o‘ynaydi. Chunki qandli diabetning 2-tipi kasalligining kelib chiqishi insonning parhezi asosida kelib chiqadi, magniy yetishmovchiligi bu holatni yuzaga kelishini tezlashtiradi. Magniy bilan boyitilgan parhez ratsioni insonlarni qandli diabetning 2-tipi bilan kasallanish holatlarini sezilarli ravishda pasaytiradi.

Osteoporoz

Magniy yetishmovchiligi suyaklar muammosi xavfini rivojlanishiga olib kelishi mumkin, xususan Osteoporoz. Bu kasallik suyak to‘qimasi holatini yomonlab, suyak massasini kamayishiga olib keladi va sinishlar xavfini oshiradi. Bunday xulosaga kelishning bir necha sabablari mavjud. Birinchidan, suyaklar o‘zida magniyning ko‘p miqdorini saqlaydi, shuning uchun magniyning uzoq muddat yetishmovchiligi suyak to‘qimasining yo‘qotilishiga olib keladi. Boshqa sababi shundan iboratki, magniy yetishmovchiligi kalsiyning qondagi miqdorini kamaytiradi, kalsiy esa kuchli suyaklarni saqlash uchun zarur.

MIGREN. 

Ko‘pchilik insonlar uchun har xil sabablarga ko‘ra bosh og‘rig‘ini borligi odatiy hol sanaladi, lekin agar siz bosh og‘riqlaridan doimiy ravishda qiynalsangiz, magniy yetishmovchiligi haqida o‘ylab ko‘rish kerak. Magniy yetishmovchiligi bo‘lganda qon tomirlarning kengayishi hisobiga bosh og‘riqlari chaqiriladi va migrendan qiynalayotgan bemorlarning deyarli yarmi qonda ionlangan magniy miqdorining kamligi bilan bo‘ladi.

ICH QOTISH.

  Ich qotish muammosining kelib chiqish sabablari turlicha, stressdan tortib to kletchatkani yetarli isteʼmol qilmaslik, o‘ta ko‘p sut va sut mahsulotlari isteʼmol qilish holatlarigacha. Magniy tananing ko‘p qismida bo‘shashtiruvchi taʼsirga ega, shu jumladan hazm traktiga ham. Shuning uchun mineral yetarlicha organizmga tushib turmasa, bu mushaklar ko‘proq qisqarishga harakat qilishiga olib keladi, bu esa chiqindini tizim asosida harakatini qiyinlashtiradi va ich qotishga olib keladi.

KISLOTALI REFLYUKS. 

Magniyning butun tanadagi mushaklar bo‘shashishi faoliyatidagi ahamiyatidan kelib chiqqan xolda ko‘radigan bo‘lsak, tana bo‘ylab ovqatning harakatlanishida oshqozonning yuqori va pastki qismlar klapanlari mushaklari magniy yetishmovchiligida ovqatni tegishli ravishda ushlab qololmaydi va natijada ovqat va oshqozon shirasining tepaga qizilo‘ngachga qarab qayta harakatlanishiga olib keladi. Bunda qizilo‘ngachda kuyish xissi yoki jig‘ildon qaynashi yoki kislotali REFLYUKS holati rivojlanadi. Agarda sizda kislotali REFLYUKS holati yuzaga kelganda buning sababi magniy yetishmovchiligi bo‘lsa, ko‘pgina retseptsiz dorilar isteʼmoli ahvolni yana-da yomonlashtiradi. Shuning uchun bunday holatlarda mutaxassis maslaxati zarur.

Magniy yetishmovchiligida quyidagi holatlar kuzatiladi:

  • Xavotirli uyqu;
  •  Kuchli charchoq bilan uyg‘onish;
  •  Yelka va bo‘yin sohasida og‘riq;
  •  Bo‘g‘imlarda og‘riq;
  •  Bosh og‘riqlari;
  •  Migren;
  •  Yuqori qon bosimi;
  •  Holsizlik;
  •  Yurak kasalliklari, yurak nuqsonlari va aritmiyasi, stenokardiya;
  •  Osteoporoz, artritlar;
  •  Predmenstrualniy sindrom;
  •  Surunkali charchoq;
  •  Qattiq kuchli asabiylik va nerv qo‘zg‘alishning oshishi;
  • Ich qotish;
  •  Homiladorlikning asoratli kechishi;
  •  Insult;
  •  Xiqichoq;
  •  Toshlar;
  •  Diabet;
  •  Astma;
  •  Fibromialgiya
  •  Mushaklarning suyaklanishi;
  •  Yengil mushak qaltirashlari;
  •  Talvasalar va spazmlar;
  •  Depressiya;
  •  Giperaktivlik;
  •  To‘satdan eshitilgan ovozdan cho‘chish;
  •  Mushaklar atrofiyasi;
  •  Arteriyalar elastikligini yo‘qolishi , qattiq bo‘lib qolishi;
  •  Bo‘g‘imlarning chiqishi va umurtqa pog‘onasida nuqsonlar.

Qarshi ko‘rsatmalar

  • Mahsulot tarkibiga individual sezgirlik;
  • Og‘ir buyrak yetishmovchiligi;
  • Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • Levodopa preparati bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas;
  • Laktatsiya davri.

Qo'shimcha ma'lumot

Катталар:

1 чой қошиқ препаратни тил остида 30 секунд давомида сақлаб туриб кейин ютиб юборилади;

Болалар:

½ чой қошик миқдорда худди катталарга тавсия каби қабул қилиш;

Fikr-mulohazalar

Baho berilmagan.

“Nano MAGNESIUM&rdquo mahsulotiga birinchilardan bo'lib fikr bildiring;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

    Savatcha