Bizning Mahsulotlar

Nano SILVER


0.00 UZS

Kumush nanozarrachalarining kolloid eritmasi

Tasnif

    • 650 xil virus va bakteriyalarga qarshi eng mustahkam himoya vositasi;
    • Yarali gastritlar, xoletsistit, ey’n ikki barmoq ichak yaralari, pankreatitda;
    • Aftoz stomatit, ichak infeksiyalari, diareya, dizenteriya, disbakteriozda;
    • Vaginal kandidozlar, terining zamburug‘li kasalliklarida;
    • Yuqori nafas yo‘llarini tez tez shikastlanishlarida;
    • Konyuktivit, kesilgan shilingan jarohatlar, kuyishlarda.
  • MAHSULOT HAQIDA TO’LIQ MA’LUMOT:

  • KOLLOIDLI KUMUSH:

  • Qadimdan insoniyatning qimmatbaho va benazir metallga o‘rganganliklari o‘zining xususiyatlari bilan yanayam qimmat va noyob bo‘lib chiqdi. O‘tmishda ajdodlarimiz kumushning davolovchi xususiyatini ichki tuyg‘u bilan sezishgan va uni suvni zararsizlantirish, sut mahsulotlari bijg‘ish jarayonlarining sekinlashtirish maqsadlarida qo‘llashgan. Ular kumushning bakteritsid xususiyatlarini to‘liq bilishmagan bo‘lsada, avloddan avlodga o‘zlarining bebaho tajribalarini berib borishgan.

    Kolloidli kumush isteʼmolchilarga Protargol yoki Vitargol nomlari bilan maʼlum. Kumushli preparatlar tibbiyotda keng qo‘llanildi.

    KOLLOIDLI KUMUSH bu nima?

    Bu kimyoviy elementning patogen mikroorganizmlarni ko‘payishini oldini olish xususiyati borligi eramizdan avvalgi 400- yillarda Gippokrat davrida maʼlum bo‘lgan. Quyma kumush va mayda kumush tangalarni sovutgichlar kashf etilgunga qadar sut solingan idishga bijg‘ish jarayonini sekinlashtirish maqsadida tashlab qo‘yishgan. O‘tgan asrimizning 40 yillarida antibiotiklar kashfiyotiga qadar shifokorlar amaliyotda kumush asosli dori mahsulotlarni qo‘llashgan.

    Ilmiy rivojlanish bu kimyoviy elementning yangi shaklini hosil bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Distillangan suvda mayda zarrachali zaryadlangan qismlardan iborat Kolloidli kumush kashf etildi.

    Kolloidli kumush-yuqori tozalangan suvda joylashgan kumush ionlari tarkibli eritmadir. Shu bilan birga davolovchi samaraga kirishish uchun kumushning miqdori yetarli darajada yuqori bo‘lishi kerak. XX asrda olimlar nihoyat kumushni antibakterial va antimikrob metall guruhlariga kiritish mumkinligini rasmiy tan olishdi. Bu yo‘nalish rivojlanishiga akademik l.A.Kulskiy va doktor Garri Margraf katta hissa qo‘shdilar.

    Aslida inson organizmi katta bir kolloid tizim bo‘lib, kumush eritmasi unda organik va xavfsiz ravishda erib shubhasiz foydali taʼsir ko‘rsatishi aniq. Boshqacha qilib aytganda kumush kolloidi inson organizmi uchun o‘ta tabiiy va haqiqiy eritmadir. Patogen mikroorganizm hujayrasiga kirib, kumush kerakli miqdorgacha to‘planib, kumush ionlari bilan hujayra qobig‘i organik moddalarining atomlari bilan bog‘lanish hosil qiladi va hujayra ichi kimyoviy aloqa paydo bo‘lib, kumush zararli hujayra ichiga kirib oladi. hayotiy muhim fermentlarga taʼsir qilib, hujayra DNK aminokislotalari aloqasini o‘rnatadi va natijada zararlangan hujayrani yo‘q qiladi. Bundan tashqari kumush ionlari patogen mikroorganizmlar kirishiga to‘sqinlik qilish maqsadida hujayra ichiga kirish yo‘llarini to‘sib,ximoyalovchi hujayralarga ijobiy taʼsir qiladi. Bu hazm trakti va nafas respirator tizim shilliqqavatlari va teri hisoblanadi.

    Kolloidli kumushning ustunlik tomonlari:

    1. Kolloid eritma distillangan suvda uni qo‘llash yo‘lida yangi imkoniyatlarni beradi;
    2. Suv-neytral birikma, shuning uchun antibiotikning suvli eritmasi og‘iz, burun, halqum, ko‘z konyuktivasi shilliqqavatlarini ishlov berilganda qo‘zg‘atuvchi taʼsir ko‘rsatmaydi

Organizmda kolloidli kumushning ishlash prinsipi.

Kumush bakteriyalarni o‘ldirmaydi, uning mayda tarkibiy qismlari patogen mikro organizmlarning nafas fermentlari blokatori sifatida harakat qiladi. Shu yul bilan patogen mikroorganizmlarning hayot faoliyati va qayta rivojlanishi susaytiriladi. Kolloid shunday muhit yaratadiki, bu muhitda bakteriyalar hatto ko‘payisha olishmaydi. Bundan tashqari kumush potensiali bu jarayonda kamaymaydi va o‘zini faoliyatini ko‘p martalab namoyish etadi. Tirik hujayra to‘laqonli bo‘lib qoladi va o‘z vazifasini to‘liq bajaradi. Ayniqsa, kumush kolloidi ureaplazma, xlamidiya, mikoplazma, toksoplazma kabi qo‘zg‘atuvchilarga qarshi juda katta samara beradi. Tekshiruvlar natijasida patogen mikroflora sog‘lom hujayralarga nisbatan kumush kolloidiga o‘ta sezgirligi aniqlandi. Kolloidli kumush eritmasining bu xususiyati ko‘p hujayrali organizmlar, shu jumladan hayvonlar, o‘simliklar va insonning o‘zining organizmi uchun xavfsizligini taʼminlaydi.

Kumushli kolloid samaradorligi haqida fan nima deydi?

Kumush  kolloidli eritma haqida juda ko‘p va aniq-noaniq ijobiy va salbiy fikrlar mavjud.  Yigirma yillar avval FDA tashkiloti tomonidan qilingan murojatga ko‘ra kolloidli kumush birikmasi xavfli, shunga asoslanib bir qancha maʼlumot manbaalarida xavfli hisoblashgan.   Lekin shunisi aniqki, tarkibida kumush saqlagan preparatlardan biror marta o‘lim holati aniqlanmagan. Bugungi kunga kadar kumushning bakteritsid kasallik chaqiruvchi bakteriyalarni o‘ldiruvchi  xususiyatini inkor etuvchi birorta xam salmoqli argument yo‘q, klinik sinovlar ko‘p marta kolloidli kumush birikmasining bu xususiyatini isbot etishdi.

Quyida kumushning boshqa tibbiy preparatlarga chidamli  patogen mikroorganizmlarning  shtammlariga qarshi tura olishi haqidagi ilmiy tekshiruvlarni keltiramiz:

– Ekologik tibbiyot va sog‘lom ovqatlanish haqidagi jurnal- tekshiruv «Virusli patogenlar va o‘tkir og‘ir respirator sindrom: Oligodinamik ag1 » immun tizimni bevosita aralashuvi uchun». Kolloidning antivirus xususiyatiga bag‘ishlangan. Kornar virus tomonidan chaqiriladigan atipik pnevmoniya kasalligini samarali davolash  haqida maʼlumot berilgan.  o‘pkaga ultratovushli nebulayzer orqali kumush yuttirilganda o‘pkada virus konsentratsiyasi sezilarli ravishda kamayganligi isbot qilingan.

Kolloid kumushni 10ppm konsentratsiyada qo‘llash va dozalash usullari.

Kolloid kumushni dozalash va isteʼmol qilish usuli kasalliklarga bog‘liq.

Ichga qabul qilish uchun optimal doza:

  • Kattalar uchun – 1 choy qoshiq preparatni til ostida 30 sekund davomida saqlab turib keyin yutib yuboriladi;
  • Bolalar uchun-½  choy qoshiq miqdorda xuddi kattalarga tavsiya kabi qabul qilish;
  • Tana vazniga ko‘ra- 5mkg kolloidli kumush 1 kg tana vazniga nisbatan bir sutkada ( 5 mkg/kg/sutka)

Ichga qabul qilishdan tashqari kolloidli kumush antiseptik sifatida tashqi qo‘llaniladi. U bilan yaralar, teri mikroshikastlanishlari, jarohatlar, qirilishlar va furunkullar qayta ishlov beriladi. Kolloidli kumush o‘zining xavfsizligi bois pediatriyada bolaning tug‘ilgan kunidan boshlab  keng qo‘llaniladi. Zaharli bo‘lmagan preparat yangi tug‘ilgan chaqaloklarning ko‘zlariga tug‘ilishi bilanoq Konyuktivit kasalligini oldini olish maqsadida tomiziladi va kindikni qayta ishlovida qo‘llaniladi.

Davolash uchun kolloidli kumush qanday ishlatiladi:

  • Diareya, qorin og‘riqlari– 5 mldan 25 ml gacha bir kunda 1-5 marta tuzalish davriga qadar ichga qabul qilinadi. Maʼlumotlarga ko‘ra bemor bir kunda 10 ml.dan (2 choy qoshiqdan) 3 mahal ichganda bir kunda tamoman tuzalgan.
  • Bronxit- 5 mldan 25 ml gacha bir kunda 1-5 marta tuzalish davriga qadar ichga qabul qilinadi. Bemorlar bir kunda 1 choy qoshiqda 2 mahal isteʼmol qilganlarida uch kun davomida tuzalishgan. Qo‘shimcha ravishda kolloidli kumush ingalyatsiyasi kasallikning og‘ir holatlarida tuzalishni tezlashtiradi, shuningdek, antibiotiklar turli kombinatsiyasi samarasizliklarida xam.
  • Vaginal kandidoz(molochnitsa)5 ml dan 25 ml gacha bir kunda 1-5 marta sprinsovka tarkibida va 2 choy qoshiqdan 2 mahal sutkada. Samara 6 kundan keyin ko‘rinadi.
  • KonyunktivitKo‘zga kolloidli kumushdan  sutkada 1-5 marta bir necha tomchidan tomiziladi. Samara 2 kundan keyin ko‘rinadi.
  • Kesilgan jarohatlar, teri shikastlanishlaridagi yuqumli jarayonlar(yallig‘lanish, abssess, stafilokokk infeksiyalari) Shikastlanish joyiga 1 choy qoshiqdan 1-5 marta suriladi.
  • Otit – Shikastlangan quloqqa 2 tomchidan 1-5 marta sutkada tomiziladi, davolash uchun to‘liq kurs 4 kun.
  • Terining zamburug‘li infeksiyalari- Shikastlangan joyga 2 choy qoshiqdan 1-5 marta sutkada suriladi. Odatda 3 kun yetadi, davolash kursi 8 kun;
  • Gingivit, galitozOg‘izni kolloidli kumush bilan 1-5 marta sutkada chayqatiladi. Gingivitda 3 kun davolanish talab etiladi. galitoz bir sutka davomida tuzaladi.
  • Kichik chanok bo‘shlig‘i aʼzolari-  5 ml dan 25 ml gacha bir kunda 1-5 marta kin yuviladi. Samara 5 kun davomida seziladi.
  • FaringitSutkada 2 choy qoshiqdan 1-5 marta tomoq chayqatiladi. Davolash kursi 6 kun.
  • Rinit. SinusitBurun yo‘llariga 2 tomchidan 3 mahal sutkada tomiziladi. Samara 4 kunda seziladi.
  • TonzillitHafta davomida sutkasida 3 mahal tomoq chayqatiladi.
  • Siydik ayiruv tizimlari infeksiyalari- 2 choy qoshiqdan 3 mahal bir sutkada ichga qabul qilinadi. Davolash kursi 6 kundan oshmaydi.

Kolloidli kumush bir vaqtning uzida patogen mikroflorani o‘ldirib, organizm hayot faoliyati bilan bog‘liq yallig‘lanish o‘choqlarini tiriltiradi. Bu esa o‘z navbatida yarali gastritlar, xoletsistit, Aftoz stomatit, oshqozon va o‘n ikki barmoq  ichak yara kasalliklarini davolashda ajoyib natijalarni bermoqda. Kumush xelikobakter pilori bilan faol munosabatda bo‘lganligi bois, surunkali yara jarayonlarini davolashga imkon beradi.

Ichak infeksiyalarini davolashda ham kolloidli kumush yaxshi samaraga ega. Antibiotiklar bilan davolash noxush baʼzan undanda og‘irroq asoratlarga olib kelishi hammaga maʼlum. Disbakterioz yuzaga kelganda bemor bir muddat bu haqida bilmasligi mumkin, bu holatni ular hazm qilish muammolarini to‘liq davolanmaslikka yo‘yishadi. Bu esa antibiotiklarning bir vaqtning o‘zida nafaqat patogen balki foydali mikroflorani xam shikastlanganidan darak beradi. Kolloidli kumush faqat patogen mikroflorani o‘ldirib, ichak faoliyatini sog‘lomligicha, yaʼni hazm jarayonini normal tugallab, foydali moddalarni to‘liq so‘rilishini saqlab qolish xususiyatiga ega. Bu eritma nafaqat ichak o‘tkir infeksiyalarini davolashda, balki surunkali enterit, kolit, proktit kasalliklarini kompleks davolashda xam yuqori samara beradi.

Ginekologiyada kolloidli kumush eritmasi bakterial kelib chiqishga ega tug‘ruq faoliyati sanatsiyasi, vaginitlar va kolpitlarni davolashda qo‘llaniladi. Tiklovchi qobiliyatga ega bo‘lganligi sababli, kolloidli kumush bachadon bo‘yni eroziyasi kasalligini davolashda qo‘llaniladi. Emizikli ayollarimiz uchun esa bu eritma ko‘krak so‘rgichlarini yorilishini oldini oluvchi eng noyob vosita hisoblanadi.

Shuningdek, kolloidli kumush eritmasining taʼsir doirasi juda kengligi sabab, prostatit kasalligida xam yaxshi natijalarga ega. Og‘ir kuyish va kuyish jarayonlarida kuygan sohalarda bakterial infeksiyani ikkilamchi infeksiya sifatida qo‘shilishiga yul qo‘ymaydi, natijada o‘lim holatlarini sezilarli darajada kamaytiradi.

Kolloidli kumushni ishlatishga qarshi ko‘rsatmalar.

Kolloidli kumushga allergiya holatlari o‘ta kam, sababi uning formulasi juda oddiy, uning tarkibiga kumush elementining juda mayda qismchalari qo‘shilgan. Istisno tariqasida kumushli eritmaga asosan kasbiy faoliyati bu elementning yuqori konsentratsiyasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan insonlargina qarshi ko‘rsatma guruhiga kirishadi. Agar noxush reaksiya kumush taqinchoqlarga xam bersa, demak quyma tarkibida nikel moddasining mavjudligi sabab bo‘lishi mumkin.

Yana bitta nojo‘ya taʼsiri Yarish–Gerksgeymer reaksiyasi kiritiladi, bu reaksiya davolash boshlanganida qisqa muddatli vaqtinchalik holati hisoblanadi. Bu reaksiyani sababi organizmga katta miqdordagi o‘lgan patogen mikroorganizmlarning parchalanishining taʼsiri hisoblanadi. Inson o‘zida yuqori charchoq va horish his qiladi, xuddi gripp yoki virusli infeksiyalarda bo‘ladigan holatga o‘xshab. Agar kolloidli kumush eritmasi bilan davolashda bunday holat kuzatilsa, vaqtincha davolashni to‘xtatib turish mumkin.

Kolloidli kumush eritmasi bilan davolanishning salbiy va ijobiy holatlarini taqqoslab xar bir bemor o‘zi tanlash huquqiga ega.

Qo'shimcha ma'lumot

Катталар

1 чой қошиқ препаратни тил остида 30 секунд давомида сақлаб туриб кейин ютиб юборилади;

Болалар

½ чой қошик миқдорда худди катталарга тавсия каби қабул қилиш;

Тана вазнига кўра

5мкг коллоидли кумуш 1 кг тана вазнига нисбатан бир суткада

Fikr-mulohazalar

Baho berilmagan.

“Nano SILVER&rdquo mahsulotiga birinchilardan bo'lib fikr bildiring;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

    Savatcha