Bizning Mahsulotlar

Nano ZINC


0.00 UZS

Erkaklar jinsiy faoliyatini meʼyorlashtiruvchi vosita

Tasnif

  • Erkaklarda jinsiy zaiflikni davolash;
  • Erkaklar jinsiy faoliyatini meʼyorlashtirish;
  • Erkaklarda testosteron va sperma ishlab chiqarilishini yaxshilashda;
  • Vitamin Emetabolizmi uchun kerak;
  • Allergik reaksiyalarni rivojlanishi va zo‘rayish xavfini kamaytirishda;
  • Aqliy faoliyatni sayqallashtiradi.

KOLLOID RUXNI QO‘LLASHGA KO‘RSATMALAR:

    1.  
    1. Bakteriyalar, viruslar va zamburug‘larning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi;
    2. Alkogoldan zaharlanishda ximoyalovchi taʼsirga ega;
    3. Immunomodullovchi taʼsir etib, kasallanish xavfini kamaytiradi;
    4. Erkaklar seksual faolligini oshiradi;
    5. Nerv sistemasi funksional xolatini yaxshilashga yordam beradi;
    6. Allergik reaksiyalarning rivojlanish va zo‘rayish xavfini kamaytiradi;
    7. Tayanch harakat apparati kasalliklarida va travmatik shikastlanishlarida tog‘ay va suyak to‘qimasini tiklanishiga yordam beradi;
    8. Normal ishtahani tiklanishiga yordam beradi, taʼm bilish va hid bilish qobiliyatini kuchaytiradi;
    9. Soch va tirnoqlar o‘sishini faollaydi;
    10. Ko‘z gavhari va to‘r pardasi funksional holatini yaxshilab, katarakta rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
    11. Suyak to‘qimalarining shakllanishida ishtirok etadi;
    12. Diabetni oldini oladi;
    13. Tutqanoq kasalligini paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi;
    14. Yaralarning tez bitishini taʼminlaydi;
    15. Vitamin A ning so‘rilishiga yordam beradi;
    16. Sochlarning holatini yaxshilaydi;
    17. Insonning aqliy faoliyatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi;
    18. Artrit va revmatizmni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi

RUX KOLLOIDI

Besh ming yil avval misrliklar ruxli surtmalardan yarani tez bitishida foydalanib kelishgan. Taxminan 100 yil avval esa olimlar bu moddaga nafaqat inson balki o‘simliklar xam muhtoj ekanligini aniqlashdi. O‘shanda tasodifan aniqlandiki, kuygan kalamushlarga oqvqat ratsioniga rux moddasiga boy mahsulotlar qo‘shilganda kuygan yaralarning bitishi xam tez xam samarali bo‘lganligi aniqlandi. Keyinchalik, alkogolizm, ateroskleroz, tanadagi yaralar, jigar sirrozi, yurak kasalliklari bo‘lgan bemorlarda ratsionlari o‘rganilganda rux moddasining kamligi maʼlum bo‘ldi. Rux moddasining yetishmovchiligi sabablari o‘rganilganda, xususan qonda, kortizon moddasi bilan uzoq davolanilganda, homiladorlikka qarshi preparatlarni isteʼmol qilish, uzoq muddat davomida o‘ta shirin yoki o‘ta tuzli oziq ovqat mahsulotlari isteʼmoli xam ruxning yo‘qotilishiga sabab bo‘larkan. Rux xususiyatlarining muhim jihati uning hujayralarga yoshligini uzoq muddat saqlanib turishi va qarigan hujayralarga qayta hayotiy kuch bag‘ishlashidadir. Buning uchun rux o‘sishning insulinga o‘xshash omilini, testosteron, o‘sish gormonini ishlab chiqarilishini stimullaydi. Hayvonlarda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot ishlaridan rux haqiqatdan ham umrning uzayishiga yordam berishi aniqlandi. Ko‘payish, o‘sish, organizmning rivojlanishi, qon ishlab chiqarilishi kabi eng muhim hayotiy jarayonlarda va moddalar almashinuvining hamma turida (oqsil, yog‘, uglevod) sezilarli darajada muhim taʼsir qiladi.

 

RUXNING BIOLOGIK ahamiyati

Ruxning zarrachalari immun sistemasi uchun xam o‘ta muhim, sababi u organizmning infeksiyalarga qarshiligini oshiradi. To‘qimalar regeneratsiyasi xam organizmdagi ruxning miqdoriga bog‘liq. Bu ayniqsa, kuyish va shikastlanishlarda yaqqol ko‘rinadi, rux organizmda qanchalik yetarli bo‘lmasa regeneratsiya jarayoni xam sekin amalga oshadi. Rux soch va tirnoqlarning yaxshi o‘sishida xam muhim rol  o‘ynaydi, faol odamlar va sportchilarga kelsak, ular bir kunda jismoniy yuklamalar mavjud bo‘lgan kunlarida qolgan kunlarga nisbatan  40-50%dan ortiq ruxni yo‘qotishadi, mushaklarga yuklamalar oshganda kislorodga bo‘lgan ehtiyoj ham oshadi, bu o‘z navbatida kislorod natijasida oksidlangan radikallarni ko‘payishiga olib keladi, radikallar yig‘ilib, mushak hujayralariga zararli taʼsir ko‘rsatadi. Rux saqlovchi fermentlar esa  radikallarni zararsizlantirib, organizmdan chiqarilishiga yordam beradi.

Rux organizmda suyak, mushak va biriktiruvchi to‘qimalarda, shuningdek, leykotsitlar va eritrotsitlar kabi qon hujayralarida yig‘iladi. Uglevodlar va yog‘ almashinuvi regulyatsiyasida ishtirok etadi, qonda qand miqdorini kamaytiradi, qandli diabet kasalligini oldini oladi.

Immunitetni stimullaydi, shamollash kasalliklari davrida tana qarshiligini oshiradi. Kuchli antioksidant hisoblanadi.

Odamning organizmida rux asosan mushaklarda, jigarda va oshqozon osti bezida biologik qo‘shilmalar tarkibida o‘rtacha 2 gr.ni tashkil etadi. 400dan ortiq fermentlar tarkibiga kiradi. Eng ko‘p o‘rganilgan ferment taxminan 260 xil aminokislotalardan tashkil topgan, tarkibida rux moddasini tutuvchi ferment qonda eritrotsitlar tarkibida uchraydi va u kislorod-karbonat angidrid almashinuvida o‘ta muhim ahamiyatga ega, bu fermentning yetishmovchiligi natijasida metabolizm jarayonining sustlashuvi kelib chiqadi.

RUXNING ERKAKLAR SOG‘LIGINI SAQLASHDAGI ROLI

Rux nafaqat jismoniy yuklamalarda mushak faoliyatini yaxshilaydi, balki mushak kuchi va tezligini oshishida xam muhim. Rux qonda testosteron moddasini oshiradi, bu gormon esa kuch va tezlik ko‘rsatkichlarini oshiruvchi  “erkaklar”  gormoni hisoblanishi hammaga maʼlum. Ruxning antioksidant xususiyati terining yoshligini saqlashda ham muhim. O‘smirlar organizmida rux yetishmovchiligi natijasida ichkilikka berilish kuzatiladi. Bundan tashqari ruxning yetishmovchiligi sportchilarning jismoniy natijalarining susayishida xam yaqqol namoyon bo‘ladi. Rux moddasining organizmga doimiy ravishda tushib turishi maqsadga muvofiqdir, sababi o‘g‘il bolalarda u erkaklar jinsiy bezlarining hamda ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanishiga zarur bo‘lsa, katta yoshda organizmda  spermatozoidlarning ishlab chiqarilishiga taʼsir qiladi. Ruxning yetishmovchiligi urug‘don faoliyatini susayishiga, ularning atrofiyasiga, sperma, testosteron gormoni ishlab chiqarilishining kamayishiga, erkaklar potensiyasining susayishiga olib keladi. Rux prostata bezi kattalashuvi va adenomasini rivojlanishini oldini oladi, qaysiki bu muammolar keksa yoshdagi erkaklar uchun haqiqiy qayg‘u hisoblanadi. Erkaklar ayollarga nisbatan ko‘p rux yo‘qotishining asosiy sababi bu ularning eyakulyatsiya vaqtida sperma bilan ko‘p miqdorda rux moddasining organizmdan chiqib ketishi bilan bog‘liq.  Doimiy ravishda uning o‘rni to‘ldirilib turilmasa, rux yetishmovchiligi rivojlanib, erkaklar jinsiy bezlarida faoliyatni buzilishiga sabab bo‘ladi.

                  RUX AYOLLAR SALOMATLIGIDAGI ROLI

Rux mikroelementi vitamin E va V6 bilan yaxshi o‘zlashtiriladi.  Bunda u teri va shilliq pardalar regeneratsiya qiladi. Ayollar uchun yoshartiruvchi vositalar va komplekslar tarkibida ko‘p ishlatiladi. Vitamin E va vitamin A metabolizmi uchun muhim, sababi ruxsiz ular o‘zlashmaydi. Vitamin S va rux ko‘plab virusli kasalliklarga qarshi vosita hisoblanadi.

Ayollar sog‘ligi uchun- ayollar bepushtligini oldini olishda, tuxumdonlar faoliyatini yaxshilashda, endometriyning hosil bo‘lishi va homiladorlikni kechishida ishtirok etadi. Butun homiladorlik davomida rux homilaning yaxshi rivojlanishi va ayniqsa bosh miya, tishlar va suyaklar to‘qimalari shakllanishida genetik uzilishlarning oldini oladi.

                       

 NIMA QILMOQ KERAK?

Bu savol hammamizga tanish va unga albatta javob bo‘lishi zarur. Rux moddasini biz asosan oziq ovqat mahsulotlari tarkibida isteʼmol qilamiz. Eng boy mahsulotlar bular dengiz mahsulotlari yaʼni, ustritsalar, qisqichbaqasimonlar va kalmarlarda bo‘ladi. O‘z vaqtida organizmga ruxning tushib turishi uchun bu mahsulotlar o‘ta zarur. Bundan tashqari rux moddasi sitrus mevalarida, olma, anjir, yashil sabzavotlarda va hatto tabiiy mineral suvlarda xam mavjud, faqat bu suvni kamroq va ehtiyotkorlik bilan isteʼmol qilgan maʼqul, rux tabiiy asal tarkibida ham mavjud, shuning uchun xar kuni 1, 2 choy qoshiqda  tabiiy asalni isteʼmoli xam maqsadga muvofiq U yoki bu miqdorda hamma oziq mahsulotlarimizda rux moddasi mavjud. Tuxum, dengiz balig‘i, jigar, quyon go‘shti, jo‘jalar go‘shti, patoka, ko‘k choy va kakao tarkibida ko‘proq uchraydi. Bu masalaga ayniqsa vegetarian parhez ovqatlanuvchilari ko‘proq ahamiyat berishlari kerak. Ko‘p sonli tadqiqotlar va izlanishlar o‘tkazilayotganligiga qaramasdan organizm uchun qancha miqdorda bir kunlik ehtiyoj miqdori to‘liq aniqlanmagan, aniq maʼlumot shuki, sutkalik ehtiyoj o‘rtacha 12 dan 50 milligrammgacha deyilib, bugungi kunda oziq moddalarning faqat o‘zi bilan organizmning ruxga bo‘lgan ehtiyojini qondirib bo‘lmaydi, buning  o‘rnini bugungi kunda biologik faol qo‘shimchalar yordamida to‘ldirish mumkinligi aniqlangan.

 OZIQ OVQAT MAHSULOTLARIDA UCHRASHI

Ratsionda ruxning tavsiya etiladigan sutkalik ehtiyoji– erkaklar uchun 11mg va  ayollar uchun 8 mg. Isteʼmol qiladigan oziq ovqat mahsulotlarimiz tarkibida ayniqsa qovoq va kungaboqar urug‘lari, kunjut, go‘sht, pishloq, suli uni, dukkaklilar va shokolad tarkibida ko‘p uchraydi.

RUX YETISHMOVCHILIGI

Ovqat bilan rux mikroelementining yetarlicha organizmga tushmasligi yoki organizm tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmasligi natijasida:

  • teri va shilliq pardalar kasalliklari rivojlanadi, teri ko‘proq qurish va yorilishga moyil bo‘lib qoladi.
  • Tirnoqlar sinuvchanligi va sochning haddan tashqari ko‘p to‘kilishi kuzatiladi.
  • Og‘ir metallar qo‘rg‘oshin va kobalt  bilan zaharlanganda rux suyaklardan yuvilishi xavfi ortadi, natijada Osteoporoz, ko‘plab tishlarning kariyesi
  • Oshqozon-ichak trakti faoliyati buzilishlari;
  • Tirnoqlar sinuvchanligi va ularda oq dog‘larning paydo bo‘lishi;
  • Sochlarning o‘ta ko‘p to‘kilishi va nimjonligi;
  • Taʼm bilish xissiva ishtahaning yo‘qolishi;
  • Mayda yaralarning bitmasligi;
  • Xotiraning pasayishi;
  • Jinsiy yetilishning susayishi;
  • Tez tez kasallikka chalinish
  • Kuchli charchash;
  • Asabiy zo‘riqish;
  • Xotirani yo‘qotish;
  • Ruhiy tushkunlik;
  • Ko‘rish o‘tkirligining pasayishi;
  • Tana vaznining kamayishi;
  • Baʼzi elementlarning tanada yig‘ilishi (temir, mis, kadmiy va qo‘rg‘oshin);
  • Insulin miqdorining kamayishi;
  • Allergik kasalliklar;
  • Anemiya va x.k.

 

Qarshi ko‘rsatmalar. Mahsulot tarkibiy qismlariga bo‘lgan individual qarshilik.

Qo'shimcha ma'lumot

Катталар:

5 мл.дан икки маҳал овқат вақтида истеъмол қилинади.

Болалар:

2 ёшдан бошлаб 2,5 мл. дан икки маҳал овқат вақтида истеъмол қилинади.

Fikr-mulohazalar

Baho berilmagan.

“Nano ZINC&rdquo mahsulotiga birinchilardan bo'lib fikr bildiring;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

    Savatcha